4-seminar mashg’uloti: Tabiatni kimyoviy mohiyatini tushunish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Ko`rgazma vositalarini o`qituvchining so`zi bilan tushuntirilishiga katta e’tibor qaratilishi kerak. O`qituvchining sharhisiz ko`rsatilgan tajriba faqat foydali bo`lmasdan zarar keltirishi ham mumkin. Masalan, ruxning xlorid kislota bilan o`zaro ta’sirini namoyish qilishda o`quvchilarda vodorod kislotadan ajralib chiqmasdan, degan fikr paydo bo`lish mumkin, balki ruxdan ajraladi. Ko`p uchraydigan xatolikning misoli sifatida eritmaning muhitini aniqlashning mohiyatini tushuntirmay, tajriba o`tkazilganda ko`pchilik o`quvchilar indikatorning rangi o`zgarmasdan balki indikator tushurilgan eritmaning rangi o`zgaradi, degan fikrga kelishlari mumkin. SHuning uchun o`qituvchining so`zi rahbarlik qiluvchi va Yo`naltiruvchi vazifani o`taydi.
Namoyishli eksperimentdan tashqari o`qituvchi ixtiyorida ko`rgazmalilikning juda ko`p vositalari bo`lib, ulardan foydalaninsh darsning samaradorigi va sifatini oshiradi. Ularga sinf doskasi, maketlar, magnit vositalari, ekran qo`llanmalari, mavzuga tegishli turli xil va boshqalar kiradi. Ular kimyoviy eksperiment bilan birgalikda yoki alohida o`qituvchining izohi, tushuntirishi bilan qullanishi mumkin.
Doskaga yozishni avvaldan rejalashtirish kerak. Doskadagi yozuvlarni shunday ketma-ketlikda yozish kerakki, unda darsga tegishli boshqa materiallar o`z aksini topishi va dars oxirigacha saqlanishi kerak. Bunday holatda o`quvchilar tushunmay qolgan joylarini o`qituvchi qayta tushuntirish imkoniyatiga ega bo`ladi. O`qituvchi o`quvchilarning doskaga yozishlarni ham nazorat qilishi kerak. Ularning yozuv ham tiniq, ham tartibli bo`lishi talab etiladi. Kimyoviy formulalarni keltirib chiqarish, moddalarning olinishi va kimyoviy xossalari reaksiya tenglamalarini tartibli va to`liq doskaga yozib borish kerak bo`lgan holda doskadan foydalanish boshqa ko`rgazma vositalardan afzal hisoblanadi. Darsda toza doskadan foydalanish kerak.
Turli didaktik maqsadlarda qo`llaniladigan diagrammalar, moddalarni ishlab chiqarishni ifodalovchi , kristal panjaralar modellari, jadvallar va ning afzalligi shundan iboratki, ularni hamma vaqt o`quvchilarga qo`rsatish mumkin. Ulardan darsning har qanday didaktik bosqichida, ya’ni materialni o`rganishda, darsni mustahkamlashda, bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |