Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


To‘garakda agrokimyodan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar


Download 0.54 Mb.
bet41/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

To‘garakda agrokimyodan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar
Agrokimyo asoslari umumiy o‘rta maktab kimyo o‘quv kursini amaliylashtirishning eng muhim qismidir.
Agrokimyo ba’zi masalalari, albatta, sinfda- kimyo kursini o‘rganish jarayonida ko‘rib chiqiladi. Ammo buning o‘zi kifoya qilmaydi.O‘quvchilarning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining kimyoviy asoslariga bo‘lgan amaliy va nazariy havasini sinf mashg‘ulotlarining o‘zigina qondira olmaydi.
Agrokimyodan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar tahminan quyidagi sohalarda olib boriladi:
A) Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning kimyoviy asoslari. Mineral va organik moddalar (ularni bilib olish usullari). O‘simliklarning kimyoviy tarkibi. Tuproq va uning tarkibi; tuproq reaksiyasini universal umumiyindicator yordami bilan aniqlashning kolorimetrik (rangdor) usuli. O‘simliklarning tuproqdan oziqlanishi va ayrim kimyoviy elementlarning o‘simliklar hayotidagi roli. Kislorodning, uglerodning, azotning, fosforning va boshqa kimyoviy elementlarning tabiatda aylanishi. Suv, uning qattiqligi va qattiq suvni yumshatish. Tuproqdagi erimaydigan kalsiy karbonatning yuvilib ketishi va tuproqning ohaklash. Havo va uning tarkibi; o‘simliklarning havodan oziqlanishi. Tuproqda, qumda va suvda o‘sadigan ekinlar, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati (bu ekinlar bilan qilinadigan tajribalar).
B) Hosilni oshirish uchun kurashda kimyo. Mineral o‘g‘itlar, ularning tarkibi, xossalari va ularni bilib olish usullari, ularning o‘simliklar hayotidagi roli; ishlatilish usuli va texnikasi. Mikroo‘g‘itlar. Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklari va zararkunandalariga qarshi ishlatiladigan moddalar; ularning tarkibi va xossalari; ishlatilish usuli va texnikasi. O‘simliklarning o‘sishini va rivojlanishini boshqarish uchun ishlatiladigan kimyoviy vositalar (o‘quv-tajriba maydonchasida qilinadigan tajribalar).
V) Qishloq xo‘jaligi ma’sulotlarini kimyoviy yo‘l bilan boshqa ma’sulotlarga aylantirish. Spirt, shakar, patka, sovun va boshqa moddalar ishlab chiqarish.
Kimyo to‘garagi a’zolari agrokimyo masalalarini nazariy jihatdangina emas, balki, amaliy jihatdan ham hal qiladilar. Ularmasalan, mana bunday amaliy ishlar o‘tkazadilar: tuproqning tarkibini aniqlash; tuproqning reaksiyasini universal indicator yordami bilan aniqlash, o‘simliklarni tahlil qilish -o‘simliklardagi suv miqdorini eriydigan va erimaydigan moddalar miqdorini mineral va organik miqdorini aniqlash; har xil sharoitda va har xil tuzlar solib o‘stirilayotgan o‘simliklarning qanday rivojlanishini kuzatib borish; mineral o‘g‘itlar hosil qilish va ularni eng xarakterli alomatlariga qarab bilib olish; urug‘liklarni dorilash; o‘simliklarga mis kuporosi va ohak eritmalari purkash va hokazo. Har xil o‘g‘itlarning suvda yoki qumda o‘stiriladigan ekinlarga qanday ta’sir etishini maktab o‘quv tajriba maydonchasida yoki mahalliy kolxozning maxsus tajriba maydonida tekshirib ko‘rish ayniqsa katta ahamiyatga ega.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling