Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet51/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

Topshiriq: Olimpiadaning1-2-bosqichlari uchun savollar banki va testlar variantlarini tuzing.
4-Amaliy mashg’ulot: Kimyo sanoati mavzusida kimyo kechasini o‘tkazish

  1. Atrofimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni kuzatishda bizning tushunchalarimiz tabiatni bilish va modda tarkibini tasavvur qila olishimizga bog‘liq. Muzning erishi, yog‘ochning yonishi kabi hodisalarni tushuntira olish uchun biz ularning nimadan tashkil topganligini bilishimiz zarur. Atrofdagi moddalarni ko‘plab turli toza moddalarga ajratishimiz mumkin. Sof modda nima?

  2. Tarkibi va xossalari butun hajmi bo‘yicha bir xil bo‘lgan modda — sof, toza modda deb ataladi Aralashma o‘zgaravchan tarkibga ega va fizik usullar bilan toza moddalarga ajratilishi mumkin.Aralashmalarni toza moddalarga ajratish mumkin, bunda tindirish, filtrlash, haydash, ekstraksiya qilish, magnit bilan ta’sir etish, sublimatlash, xromatografiya qilish, zonali suyuqlantirish kabi bir qancha maxsus usullardan foydalaniladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek sof modda butun hajmi bo‘yicha bir xil tarkib va xossaga ega bo‘ladi. Bunday moddani gomogen (bir xil) deb aytiladi. Osh tuzi yoki shakarni suvda eritsak, tiniq eritma hosil bo‘ladi, bu aralashma ham butun hajmi bo‘yicha bir xil tarkibiy qism va xossaga ega, lekin sof moddadan farqi tarkibiy qism miqdori o‘zgarishiga qarab, xossalari ham o‘zgarishidadir (bir stakan suvda 1 choy qoshiq tuz eritilsa-2°C da, 1 osh qoshiq tuz eritilsa,-4°C da muzlaydi). Bunday aralashmalarni gomogen aralashma deyiladi. Agar tuproqni suvda eritib ko‘rsak-chi? Tuproq suvda erimaydi, loyqa hosil qiladi — bunday bir xil bo‘lmagan aralashmani geterogen (har xil) deb ataladi va ularni osongina gomogen tarkibiy qismlarga ajratish mumkin.

  3. Suv bug‘i, mis sim — toza moddalarga, yodlangan osh tuzi, asal, sut, o‘simlik moyi — aralashmalarga misol bo‘ladi. Moddaning xossalarini to‘la aniqlash uchun iloji boricha toza holda olish kerak. Ba’zida juda oz miqdordagi qo‘shimcha ham moddaning ba’zi xossalarini keskin o‘zgarib ketishiga olib keladi. Sof modda tabiatda deyarli uchramaydi. Tabiatdagi moddalar aralashmalar holida bo‘lib, ba’zida juda ko‘plab sondagi turli moddalardan tashkil topadi. Tabiiy suvda doimo erigan tuzlar va gazlar bo‘ladi. Aralashmadagi tarkibiy qismlardan qaysi biri eng ko‘p miqdorda bo‘lsa, aralashma shu komponent nomi bilan ataladi (temir qoshiqda 90% dan ortiq temir bor, alyumin qoshiqda 99% dan ortiq alyuminiy bor).

  4. Kimyoda ishlatiladigan moddalarning tozaligini ko‘rsatish uchun texnik (t), sof toza (s), analiz uchun toza (a.u.t.), kimyoviy toza (k.t.), maxsus toza (m.t.) kabi maxsus belgilashlar qo‘llaniladi. «Texnik» toza modda ancha miqdorda qo‘shimcha modda tutadi, qolganlari yuqoridagi tartib bo‘yicha ozayib borish tartibida qo‘shimchalarga ega bo‘ladi. «Maxsus toza» markasidagi moddalar juda tozaligi bilan farqlanib, ular juda ham oz miqdorda qo‘shimchalarga ega bo‘lishi mumkin.

Oldingi mavzuda aytib o‘tilganidek, eritma tarkibini ifodalashda komponentlar tabiati va miqdori ko‘rsatilishi lozim. Bu nisbiy miqdorlar konsentratsiyalar deb ataladi. Kimyoda ko‘pincha to‘yinmagan eritmalardan foydalaniladi. Rux metalining turli konsentratsiyali sulfatkislotasi eritmasi bilan ta’sirlashuvi. To‘yingan eritma — ayni haroratda eruvchi moddadan ortiqcha erita olmaydigan eritma.


-To‘yinmagan eritma — ayni haroratda to‘yingan eritmada mavjud erigan moddadan kam miqdorini tutuvchi eritma.-Erigan modda miqdori juda oz bo‘lsa — suyultirilgan eritma deb ataladi.-Erigan modda miqdori yetarlicha yuqori bo‘lsa — konsentrlangan eritma deb ataladi.
K imyoviy amaliyotda eritmada erigan modda miqorini ifodalovchi quyidagi kattahklardan ko' p foydalaniladi: 1.Massa ulushi (ω) — erigan modda massasini (m1)
eritma massasiga (m2) nisbati bo‘lib, odatda
1 dan kichik sonlarda ifodalanadi
2 . Foiz konsentratsiya (C, %) — erigan modda massasining (m1) eritma massasiga (m2) nisbatining foizlarda ifodalanishi. Bunda eritma massasi 100% ni tashkil etadi deb olinadi, demak C% 100;



  1. Molyar konsentratsiya (CM) — erigan modda miqdorining (mollarda — M) eritma hajmiga (V) nisbati, ya’ni 1 l (1000 ml) eritmada 1 mol modda erigan bo‘lsa, 1 M (bir molyar) li eritma deb ataladi:. Bu yerda M—moddaning molyar massasi.

  2. Normal konsentratsiya (CN) — erigan modda ekvivalent sonining (E) eritma hajmiga (V) nisbati, ya’ni 1 l (1000 ml) eritmada 1 g-ekv modda erigan bo‘lsa 1 n (bir normal) li eritma deb ataladi:. Bu yerda E—moddaning ekvivalent soni. Normal konsentratsiyasi berilgan eritmalardan foydalanib, erigan moddalar o‘zaro qoldiqsiz ta’sirlashishi uchun shu eritmalardan qanday hajmlarda olish kerakligini oson hisoblab topib olish tnumkin. Biron-bir A moddaning V1/N1, konsentratsiyali eritmasi boshqa B moddaning V2/N2 konsentratsiyali eritmasi bilan ta’sirlashganda A moddaning V1·N1, ekvivalent miqdori B moddaning V2 ·N2 ekvivalent miqdori bilan reaksiyaga kirishadi. Moddalar ekvivalent miqdorlarda reaksiyaga kirishishini bilganimiz holda quyidagi tenglikni keltirib chiqaramiz: V1·N1 = V2·N2 yoki V1:V2 = N2:N1.  Shunday qilib, reaksiyaga kirishayotgan moddalar eritmalarining hajmlari ularning normal konsentratsiyalari qiymatiga teskari proporsionaldir. Bu bog‘liqlik asosida nafaqat reaksiya uchun zarur bo‘ladigan eritmalar hajmlarini, balki bu hajmlar bo‘yicha sarflanadigan eritmalarning konsentratsiyalarini ham hisoblab topish mumkin.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling