Tabiiy Fanlar fakulteti, Kimyo yoʻnalishi 02/20-guruh talabasi Tursunaliyeva O’g’iloyning Organik kimyo fanidan mavzu


Download 416.21 Kb.
bet9/14
Sana15.06.2023
Hajmi416.21 Kb.
#1487714
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O\'G\'ILOY

Jarayon texnologiyasi. Yuqorida ko‘rib chiqilganidek, ishqorli
degidroxlorlash jarayoni kuchli ishqorlarning suvli eritmalari (Ca(OH)2 va NaOH)
ta’sirida sodir bo‘ladi, hosil bo‘lgan reaksiya mahsuloti haydash yo‘li bilan
reaksiya muhitidan ajratib olinadi. HCl ni parchalanishi xlorgidrinlarda oson,
etanning polixlorli hosilalarida esa qiyinroq sodir bo‘ladi, lekin jarayon atmosfera
bosimida 1000C temperaturada olib boriladi.
Ishqor bilan gidrolizlash usuli bilan spirtlar ishlab chiqarish.Yuqorida
bayon qilinganidek, xlorli hosilalar gidrolizi xlor atomini almashinishi bilan
ortiqcha olingan suv muhitida Na2CO3 (spirtlar olishda) yoki NaOH ishtirokida
ro‘y beradi (fenollar sintezi). Xlorli hosilalarning reaksiyaga kirishish qobiliyatiga
qarab gidroliz jarayoni 120-1250C dan (allilxlorid gidrolizi) 300-3500C gacha
temperaturada (xlorbenzol gidrolizi) olib boriladi. Aralashmani suyuq holda ushlab
turish uchun bosimni 0,5-1,0 dan 10 Mpa gacha ushlab turish talab etiladi. Bunday
sharoitda kontakt vaqti bir necha minutda to 20-30 minutgacha o‘zgaradi.
Ilgari ushbu xlorli usul bilan spirtlar va fenollar olish keng tarqalgan edi,
lekin hozirgi paytda iqtisodiy samarali usullar paydo bo‘lishi munosabati bilan
uning ahamiyati yo‘qoldi. Fenolni xlorbenzoldan olish reaksiyasi:

Fenol olishning boshqa usulida benzolni oksidli xlorlash va oksixlorlash
bosqichida HCl ishtirokida xlorbenzolni gaz fazasida gidrolizlash quyidagi
ko‘rinishga ega (Pashig usuli)

Natijada xlor umuman sarflanmaydi, umumiy jarayonda benzolni fenolga
oksidlanishi sodir bo‘ladi.
Ishqoriy gidroliz reaksiyalari bilan ko‘pgina xlorfenollar olinadi. Masalan,
geksaxlorbenzoldan pestitsidlar pentaxlorfenol va natriy pentaxlorfen olyat sintez
qilinadi:


Spirtlar olishda xlorli hosil alar gidrolizi allil spirti sintez qilishda o‘zining
ahamiyatini saqlab qoldi:
2CH2=CHCH2Cl+Na2SO3→ 2CH2=CHCH2OH+2NaCl+CO2
Allil spirti CH2=CH-CH2OH (suyuqlik bo‘lib, Tqay. = 96,20C) ftal, fosfat va
boshqa kislotalarning allil efirlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi (ushbu efirlar
monomer hisoblanadi); u glitserin sintezida oraliq modda bo‘lib xizmat qiladi. 23
Allilxloridni katalizator ishtirokida (bir valentli mis xlorid) suv bilan gidrolizlash
orqali ham allil spirti olish mumkin:

Gidroliz jarayoni0,2%-li Cu2Cl2 eritmasida 2,0-2,5% li xlorid kislota
ishtirokida 800Colib boriladi. Oraliq mahsulotlar diallil efir va p ropion aldegid
hosil bo‘ladi.

Download 416.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling