Tabiiy Fanlar fakulteti, Kimyo yoʻnalishi 02/20-guruh talabasi Tursunaliyeva O’g’iloyning Organik kimyo fanidan mavzu


Download 416.21 Kb.
bet7/14
Sana15.06.2023
Hajmi416.21 Kb.
#1487714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
O\'G\'ILOY

Xlor metan CH3Cl (atmosfera bosimida gaz, Tqayn=-23,70C).
Dimetildixlorsilan (CH3)2SiCl2, metilmerkaptan (CH3SH) olishda metillovchi
agent sifatida qo‘llaniladi. Metilenxlorid (dixlormetan) CH2Cl2-suyuqlik bo‘lib,
Tqay=39,80C, erituvchi sifatida qo‘llaniladi. Xloroform (trixlormetan) CHCl3
(suyuqlik, Tqay=61,20C) xladagent-freon olishda, hamda muhim monomer tetraftor
etilen CF2=CF2 olishda qo‘llaniladi. Tetraxlormetan (uglerod to‘rt xlorid) CCl4
(suyuqlik, Tqay=76,50C) erituvchi sifatida qo‘llaniladi, ba’zi bir pestitsidlar va
asosan, freonlar olinadi.
15
Ushbu hosilalarni metanni xlorlash bilan olish mumkin. Biroq, xlormetanni
sintez qilish uchun boshqa usuldan, ya’ni metanolni gidroxlorlashdan
foydalaniladi:
CH3OH + HCl →CH3Cl + H2O
Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan mahsulot toza holda chiqadi. Allilxlorid
CH2=CH-CH2Cl va metallilxlorid CH2=C(CH3)CH2Cl suyuqlik bo‘lib, ularning
qaynash temperaturasi 45,0 va 72,2oC teng. Allilxlorid turli moddalarga allil guruhi
kiritishda (allil efirlari, allilamin, allilsaxarozalar) va ayniqsa epixlorgidrin olishda
keng qo‘llaniladi:
Epixlorgidrindan epoksid polimerlari va glitserin sintez qilinadi.
Metallilxlorid pestitsid sifatida qo‘llaniladi, shuningdek metallil guruhi kiritishda
foydalaniladi, masalan metallilsulfonat CH2C(CH3) CH2CO2OH olish uchun. Allil
va metallilxloridlar gaz fazasida propilen va izobutenni xlorlash bilan olinadi.
Gaz fazasida xlorlash jarayonining shart-sharoitlari va reaktorlari. Gaz
fazasida xlorlash jarayonida suyuq xlorni bug‘latish natijasida olingan xlordan
foydalaniladi. Jarayonga ta’sir etuvchi eng muhim texnologik omillar: temperatura
va reagentlar nisbati hisoblanadi. Allil va metallilxlorid olishda uglevodorodlarni
xlorga nisbatan ortiqcha olish talab etiladi. Masalan, allilxlorid sintez qilinganda
uglevodorodni xlorga nisbati 5:1, metallilxlorid olishda esa 2:1 olinadi. Allilxlorid
ishlab chiqarishda harorat tanlash birikishga nisbatan o‘rin almashishning
selektivligiga asoslangan bo‘lib, jarayon 500-5200C, metallilxlorid ishlab 19
chiqarishda esa reaksiya 150-2000C olib boriladi. Dixlorbutenlar sintezi 300 0C
ortiqcha 1,3- butadien olishnatijasida sodir bo‘ladi.
Metanni xlorlashda quyidagi tayyor mahsulotlar olinadi: metilenxlorid,
xloroform, tetraxlormetan yoki ularning aralashmasi. Metilxlorid ishlab
chiqarishda esa metanni xlorga nisbatan 4:1 mol nisbatda olinadi, bunda
reaksiyaga kirishmagan metan va xlormetan reaksiya muhitiga qaytariladi. Metanni
xlorlash termik yo‘l bilan 500-5500C, termokatalitik usul bilan esa 350-4000C olib
boriladi.
Gaz fazadagi xlorlash jarayoni doimo atmosfera bosimida reagentlar
aralashmasini xloratorga uzluksiz yuborish bilan amalga ochiriladi. Gaz fazasida
xlorlash reaktorlarining asosiy uchta turi mavjud.


Gaz fazasida xlorlash reaktorlari: a) nasadkali issiqlik o‘tkazuvchi;


b) katalizator qatlamli (issiqlik beruvchi qatlamli); v) aralashmani qo‘shimcha
isituvchi.
Termik xlorlashda a-turdagi xloratorlar qo‘llaniladi. Bunda sovuq reagentlar
isitilgan nasadkalar yordamida isiydi (nasadka akkumulyator vazifasini bajaradi).
Termokatalitik xlorlashda b-turdagi xloratorlar qo‘llaniladi. Isitilgan reagentlarni
xloratorga yuborishda v-turdagi xloratorlar qo‘llaniladi, masalan, allilxlorid
olishda reaksiya aralashtirgichda boshlanadi, xlorator esa bo‘sh truba vazifasini
bajaradi.


Download 416.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling