Tabiiy Fanlar fakulteti, Kimyo yoʻnalishi 02/20-guruh talabasi Tursunaliyeva O’g’iloyning Organik kimyo fanidan mavzu


Download 416.21 Kb.
bet6/14
Sana15.06.2023
Hajmi416.21 Kb.
#1487714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O\'G\'ILOY

a) Zanjirning paydo bo‘lishi. Buni har hil yo‘llar bilan amalga oshirish
mumkin. Radikal-zanjirli xlorlash jarayonlari tarmoqlanmagan zanjirli reaksiyalar
turiga mansub bo‘lib, reaksiya natijasida oraliq xlor atomlari va erkin radikallar
hosil bo‘ladi. Gaz fazasida termik xlorlashda yuqori temperatura ta’sirida xlor
molekulalarining idish devorlari yoki nasadkaga urilishi natijasida xemosorbsiya
orqali Cl-Cl bog‘larning uzilishi osonlashadi:
Cl2 + devor →Cl’ + Slads
b) Zanjirni davom etishi (zanjirni o‘sishi) paydo bo‘lishida hosil bo‘lgan
xlor atomlari yordamida amalga ochadi:
Cl‘ + RH → R’ + HCl
R’+ Cl2 → RCl+ Cl’
Zanjirining uzunligi, ya’ni zvenolarning soni o‘ta toza moddalarni xlorlashda bir
necha o‘n mingtaga yetishi mumkin. Agarda texnik moddalar ishlatilsa, zanjir bir
necha yuz zvenolardan iborat bo‘ladi.
v) Zanjirning uzilishi. Gazli muhitda xlorlashda ko‘pincha chiziqli zanjir
uzilishi sodir bo‘lishi mumkin:
1) nasadka yoki reaktor devoriga urilishdan:
Cl•+devor →Slads
2.uglevodorod radikallarining o‘zaro birikishi natijasida:

3.xlor radikallarining o‘zaro birikishi orqali:


2Cl• →Cl2
4) uglerod radikalining xlor radikali bilan to‘qnashi natijasida:
R• + Cl• →RCl
5) ingibitorlar ta’sirida (fenollar, kislorod, oltingugurt birikmalari orqali).
4. Suyuq fazada xlorlash. Etanning polixlorli birikmalari. Xlorparafinlar
xar hil markalarda chiqariladi va turli sohalarda ishlatiladi. Xloparafin-13,
tarkibida 12-14% xlor mavjud
Jarayon texnologiyasi. Suyuq fazadagi radikal-zanjirli xlorlash
texnologiyasi bir nechta bosqichdan iborat: xom-ashyoni tayyorlash, xlorlash,
chiquvchi gazlarni qayta ishlash va HCl yig‘ish, suyuq reaksiya massasini qayta
ishlash va reaksiya mahsulotlarini ajratish.
Gaz fazasida xlorlash texnologiyasi. Gaz fazasida xlorlash bilan uncha
ko‘p mahsulotlar olinmaydi, aynan metanning xlorli hosilalari, allil- va
metallilxloridlar, dixlorbutenlar olinadi. Metanning xlorli hosilalari sanoatda
muhim ahamiyatga ega.

Download 416.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling