Tabiiy Fanlar fakulteti, Kimyo yoʻnalishi 02/20-guruh talabasi Tursunaliyeva O’g’iloyning Organik kimyo fanidan mavzu


II.2. Katalitik kreking jarayonida qo‘llaniladigankatalizatorlar


Download 416.21 Kb.
bet3/14
Sana15.06.2023
Hajmi416.21 Kb.
#1487714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O\'G\'ILOY

II.2. Katalitik kreking jarayonida qo‘llaniladigankatalizatorlar.
Katalitik kreking jarayonida uglevodorodlarni parchalanishi alyumosilikat
katalizatorlari ishtirokida sodir bo‘ladi. Bu katalizatorlar ishtirokida p archalanish
reaksiyasi ionli mexanizm asosida boradi. Termik kreking esa erkin radikal
mexanizm bo‘yicha sodir bo‘ladi.
Katalitik kreking jarayonining maqsadi– oktan soni 90-92% bo‘lgan yuqori
sifatli benzin olishdan iborat. Katalitik krekingda, asosan butan-butilen
fraksiyasidan iborat gazlar hosil bo‘ladi. Katalitik kreking natijasida olingan
gazoyldan saja va naftalin, og‘ir gazoyldan esa, yuqori sifatli “ignasimon” koks
olinadi. Alyumosilikat katalizatorlari tabiiy va sintetik yo‘l bilan olinishi mumkin:
tabiiyga loylar misol bo‘ladi, sintetik katalizatorlar sintez yo‘li bilan olinadi.
Alyumosilikat katalizatorlari g‘ovaksimon moddalar bo‘lib sirt yuzasi 100-
600 g/ m3 iborat. Dastlab, tabiiy faol loy– montmorillonitdan (N2Al2Si4O12•2H2O)
foydalanilgan. Sintetik alyumosilikat katalizatorlar amorf strukturaga ega. Ularni
sintez qilish uchun suyuq shisha Na2O•3SiO2 va Al2(SO4)3 bir-biriga ta’sir
ettiriladi. Buning natijasida alyumosilikat natriy Na 2O•Al2(S04)3•21SiO2 hosil
bo‘ladi, keyinchalik u gidrogel holiga o‘tadi.
Riforming jarayonida qo‘llaniladigan katalizatorlar.
Katalitik riformingda bifunksional katalizator qo‘llaniladi. U Al2O3 va
metalldan tarkib topgan. Promotor sifatida Cl2 yoki ftor qo‘shiladi. Katalizator
ikkita vazifani bajaradi: degidrirlash-gidrirlash reksiyalarini tezlashtiradi va kislota
vazifasini bajaradi.
Kislota vazifasin Al2O3 bajaradi: u izomerlanish, sikllanish va boshqa
reksiyalarni boshqaradi.
Asosiy metall – Pt (0,3-0,6 % mas.):
kam bo‘lsa – koks hosil bo‘lishi >;
ko‘p bo‘lsa – gidrokreking tezlashadi.
Platinaga sokatalizatorlar sifatida: Re, Ge, Ir, Sn, Mn va h.k. qo‘llaniladi. Organik moddalar, sintez, monomerlar, neft, tabiiy gaz, toshko‘mir, asosiy organik sintez, texnologiya, takomillashtirish, xomashyo, parafinlar, olefinlar, aromatik uglevodorodlar, diyen uglevodorodlar, allil monomerlari, tabiiy gaz, yo‘ldosh gazlar, gaz fraksiyalovchi moslamalar, unumdorlik, samaradorlik, selektivlik, mahsulot chiqishi, ishlab chiqarish usuli, mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, sifat, tannarx.

Download 416.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling