Tabiiy Fanlar fakulteti, Kimyo yoʻnalishi 02/20-guruh talabasi Tursunaliyeva O’g’iloyning Organik kimyo fanidan mavzu


Download 416.21 Kb.
bet4/14
Sana15.06.2023
Hajmi416.21 Kb.
#1487714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O\'G\'ILOY

Galogenli birikmalar sintezi.
1. Organik birikmalar tarkibiga galogen atomlarini kiritishga galogenlash
reaksiyalari deyiladi. Galogenlash reaksiyalariga: ftorlash, xlorlash, bromlash va
yodlash kiradi.

12


Galogenlash organik moddalar sintezida muhim o‘rin tutadi. Bu usul bilan
quyidagi mahsulotlar olinadi:
1) xlororganik oraliq mahsulotlar (1,2-dixloretan, xlorgidrinlar, alkilxloridlar)
molekula tarkibiga harakatchan xlor atomini kiritish bilan bir qator muhim
moddalar olish mumkin; 2) xlor va ftororganik monomerlar (vinil xlorid,
vinilidenxlorid, tetraftoretilen); 3)xlororganik erituvchilar (metilen xlorid, uglerod
to‘rtxlorid, uch va to‘rtxloretilen); 4) xlor va bromorganik pestitsidlar
(geksaxlorsiklogeksan, kislota va fenollarni xlorli hosil alari). Undan tashqari,
galogenli hosilalarni sovutish vositalari (xlorftor hosil alar, freonlar deyiladi),
meditsinada (xloral, xloretan), plastifikatorlar, moylovchilar va boshqalar sifatida
qo‘llaniladi.
Galogenlash reaksiyalari 3 turga bo‘linadi: o‘rin almashinish; birikish;
parchalanish.16
O‘rin almashinish bilan boradigan galogenlash reaksiyasida galogen
boshqa atomlar yoki guruhlar bilan o‘rin almashinadi. Ular orasida eng
ahamiyatlisi vodorod atomi bilan galogenni o‘rin almashinishi hisoblanadi:
RH + Cl 2 → RCl + HCl
Galogen tutgan uglevodorodlardagi bir galogen atomini boshqa galogen
atomiga almashinishidan brom, ftor va yodli hosilalarni olish mumkin:
CCl4 + 2HF →CCl2F2 + 2HCl
Biriktirish bilan galogenlash reaksiyalari to‘yinmagan uglevodorodga
galogen birikishi bilan boradi. Erkin galogenlar C=C, CC va CAr-CAr bog‘larga
birikish qobiliyatiga ega:
CH2=CH2 + Cl2→ClCH2-CH2Cl
CH CH+ 2Cl2 →CHCl2-CHCl2
C6H6 + 3Cl2 →C6H6Cl6

Download 416.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling