Tabiiy fanlar fakulteti


Anorganik moddalarning asosiy sinflari mavzusini interfaol usullarda o’qitish


Download 407.61 Kb.
bet8/8
Sana25.08.2020
Hajmi407.61 Kb.
#127647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KO'M Kurs ishi(Musajonova)

2.5 Anorganik moddalarning asosiy sinflari mavzusini interfaol usullarda o’qitish


Asoslarning olinishi va xossalariga oid bir saotlik dars ishlanmasi.

I. Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o’quvchilarning asoslar to’g’risidagi bilimlarini oshirish, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Tarbiyaviy: “Ko’rsam eslab qolaman, bajarsam tushunaman” tuyg’usini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: Mustaqil fikrlash, kimyoviy jihoz va reaktivlar bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.

II. Darsning turi: noan’anaviy.

III. Darsning usuli: aqliy hujum, interfaol usul.

IV. Dars jihozlari: Doska, bo’r, kartochkalar, darslik, kodoskop, davriy jadval, magnit doska, magnitli elementlar.

Karakli laboratoriya jihozlari: shtativ, probirkalar, shpatel, Petri kosachasi, tarozi.

Reaktivlar: Na, H2O, CaO, NaOH, Ca(OH)2, CuCl2, FeCl3, HCl, H2SO4, lakmus qog’ozi, fenolftalein eritmasi.

V. Dars rejasi:

1) Asoslar.

2) Asoslarning olinishi.

3) Asoslarning kimyoviy xossalari.



VI. Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism – 1 daqiqa

a) salomlashish;

b) davomatni tekshirish;

c) sinfning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash.



2. Asosiy qism-39 daqiqa.

1. O’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lish – 2 daqiqa.

2. O’tilgan mavzuni so’rash – 10 daqiqa.

Aqliy hujum”

1. Asoslar deb nimaga aytiladi?

2. Asoslarning umumiy formulasini yozining.

3. Asoslar kimyoviy xossasiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?

4. Asoslar fizik xossasiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?

5. Amfoterlik nima?

6. – OH guruhining nomi?

7. – OH guruhining valentligi?

8. Amfoter asoslar deb nimaga aytiladi? Misol keltiring.

9. Suvda eriydigan asoslarga misol keltiring.

10. Asoslar qanday nomlanadi?

11. Suvda erimaydigan asoslarga misol keltiring.

Sizning omadli raqamingiz” mashqi

Bunda har bir o’quvchi o’zi yaxshi ko’rgan raqamini aytadi va davriy jadvaldan foydalanib shu raqamdagi elementni topadi va gidroksidini yozadi.

Anogramma” mashqi

Bunda o’quvchilarga kartochkalar tarqatiladi, kartochkada metallarning nomlari chalkashtirib beriladi, o’quvchilar metal nomini topib, uning belgisini magnit doskaga yozadi, belgilangan vaqt ichida topshiriq bajariladi.

1. Yangi mavzuni o’zlashtirishga tayyorgarlik ko’rish – 1 daqiqa.

2. Yangi mavzuni bayoni – 18 daqiqa.

Asoslarning olinishiga doir reaksiyalar bajariladi va laboratoriya daftariga yoziladi:

O’quvchilar Petri kosachasiga suv solishadi, lakmus qog’ozi botiriladi va natriy metalining bo’lakchasidan tashlashadi, lakmus qog’ozi botiriladi. Reaksiya tenglamasi va o’zgarishlar yoziladi.

1. 2Na+2H2O=2NaOH+H2 2. Ca+2H2O=Ca(OH)2+H2

3. Na2O+H2O=2NaOH

Asoslarning kimyoviy xossasiga doir reaksiyalar bajariladi va yoziladi.Hosil qilingan NaOH ga fenolftalein tomiziladi, so’ngra HCl suyultirilgan eritmasidan tomiziladi. O’quvchilar bu laboratoriya ishini ham mustaqil bajarishadi. O’quvchilarga shu o’rinda bu reaksiya neytrallanish reaksiyasi ekanligi aytib o’tiladi.

1. NaOH+HCl=NaCl+H2O 2. Ca(OH)2+CO2=CaCO3+H2O

3. CuCl2+NaOH=Cu(OH)Cl+NaCl 4. Cu(OH)2=CuO+H2O



Ha – Yo’q” o’yini

1. Metall atomi va kisloroddan iborat modda asoslar.

2. Asoslar tarkibidagi OH guruhi soni metall valentligini bildiradi.

3. Asoslar funksional guruhli moddalar.

4. Asoslarda H bo’lmaydi.

5. “NH4 ioni + gidroksid” asosmi?

6. “Bariy (II) – gidroksid” to’g’rimi?

7. Asoslar faqat fizik xossasiga ko’ra toifalanadi.

8. Zn(OH)2 amfoter asos.

9. NaOH – o’yuvchi natriy.

10. Cu(OH)2 suvda eriydigan ishqor.

11. NaOH lakmusni pushti rangga kiritadi.

12. Ni(OH)2 – yashil rangli asos.

13. Ca(OH)2 - oq rangli asos.

14. Fenolftalien - rangsiz eritma.

15. Asoslar qizdirganda parchalanadi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

yo’q

ha

ha

yo’q

ha

yo’q

yo’q

ha

ha

yo’q

yo’q

ha

ha

ha

ha



3. Yakunlash – 3 daqiqa.

4. Baholash – 2 daqiqa.

5. Uy vazifa berish – 1 daqiqa.

Asoslarning tarkibi tuzilishi, nomlanishi, toifalanishi va xossalariga oid kimyoviy tajribalarga asoslangan dars ishlanmasi.

Dars maqsadi:

1. Ta’limiy (o’quv): mavzu asosida nazariy bilim berish.

2. Tarbiyaviy: o’quvchilarning nutq va tafakkurini rivjlantirish.

3. Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini o’stirish.



Dars turi: amaliy, nazariy

Dars uslubi: og’zaki bayon etish, guruhlarda ishlash, “3x4”

texnologiyasi.



Darsning jihozlanishi: kodoskop, slayd, davriy sismavzu, Na, xlorid kislota, H2O, CuSO4, FeCl3, universal indikator qog’oz, NH4OH, Zn, NaOH, fenolftalein, stakan, probirka, shisha tayoqcha, himoya oynasi, ko’rgazmali qurollar va tarqatmalar, plakatlar, “oltin kalitcha”.

Darsning borishi va mazmuni:

1. Tashkiliy qism – 3 daqiqa

2. O’tilgan darsni mustahkamlash – 15 daqiqa

Darsning borishi va ta’lim maqsadlari bilan tanishtirish – 2 daqiqa

Yangi mavzuni bayon qilish - 20 daqiqa

Yangi mavzu: Asoslarning tarkibi tuzilishi, nomlanishi, toifalanishi va xossalari.

Reja:


1. Asoslar va ularning sinflarga bo’linishi.

2. Suvda eriydigan asoslarning umumiy nomi va davriy sismavzuda tutgan o’rni.

3. Amfoter asoslarning xossalari va ularni hosil qilgan metallarning davriy jadvaldagi o’rni.

4. Laboratoriya ishi - № 11: suvda erimaydigan asoslarning kislotalar bilan o’zaro ta’siri.



Dars jarayoni:

1. O’qituvchi darsni tashkiliy qismidan so’ng o’tilgan mavzu bo’yicha “Aqliy hujum” tarzida yuqorida ko’rsatilgan savollarni beradi va oksid formulasini tuzish bo’yicha quyidagi topshiriqlarni beradi:



Topshiriq: Har bir o’quvchi sinf jurnalidagi o’zining tartib raqami bilan bir xildagi tartib raqamli elementni davriy jadvaldan topib, shu element oksidi formulasini tuzsin va nomini yozib qo’ysin. (Inert gazlar bundan istesno). Agar dars davomida 1 ball yetmay qolsa shu formula bo’yicha molekular massa ulush toppish topshiriqlari berilishi mumkin. Tegishli javoblar olingandan so’ng o’qituvchi “3x4” texnologiyasini qo’llash maqsadida sinfdagi o’quvchilar sonini 4 dan bo’lib guruhlashtiradi (6 – 7 guruhga). Keyin har bir guruhga bittadan “oltin kalitcha” ko’rgazmasini tarqatadi va ularga ko’rgazma bilan ishlash tartibi va maqsadini aytib o’tadi. “Oltin kalitcha” da raqamlangan 12 ta savol ko’rsatilgan bo’lib har bir guruhdagi bir o’quvchi 3 ta savolga javob berishi kerak, lekin undan oldin o’qituvchi qo’lida ushlab turgan 12 ta kalit shaklida qirqilgan raqamlar yozilgan qog’ozlardan 3 tasini tortib oladi va qaysi raqam chiqqan bo’lsa, daftariga yozib kalitlarni qaytarib beradi. Shu tartibda qolgan barcha guruh o’quvchilari raqamlar tanlab, ko’rgazmadagi tanlangan raqamlari ostidagi savollarni o’qib, og’zaki javob berishadi. Agar belgilangan vaqt ichida javob berolmay qolsa daftariga yozib qo’yadi (Har savolga 1 daqiqa).

O’quvchilar tayyorlangunlariga qadar yoki raqam tanlash jarayonida darsni qizg’in davom ettirish uchun har bir guruh o’ziga kimyoviy elementlar nomi bilan ataladigan elementi haqida qisqa ma’lumot yoki qiziqarli sheriy tarzda tavsif bersin. Masalan:



1 – guruh nomi “Vodorod” bo’lsa guruh a’zolaridan biri shu to’rtlikni aytsa, o’quvchilar boshqa guruhlar nomini qiziqib eshitadi.

Meni yengil gaz derlar,

Mendan o’g’it olarlar.

Yondirsalar yonaman,

Oddiy suvni beraman.




2 – guruh nomi “Kislorod”:

Kisloroddir nomim mening.

Tabiatdir konim mening,

Mensiz hayot ham bo’lmas,

Hatto o’simlik o’smas.




3 – guruh nomi “Uglerod”:

Olmosning tarkibida,

Ko’mirning suyagida.

Grafitning mag’zida,

Mening asl nusxam bor





4 – guruh nomi “Azot”:

Meni derlar azotjon

O’simlik bo’lsa nimjon,

Bo’larman unga qon jon,

Xursandir mendan dehqon.





. 5 – guruh nomi “Oltingugurt”:

O’zim kukun olitn rang,

Suvda eriyolmay garang.

Issiqlikda eriyman,

Rezinani beraman




6 – guruh nomi “Alyuminiy”:

Alyuminiy mening nomim,

O’zim oq rangli yaltiroq

Massam uncha og’irmas,

Tok o’tadi yaxshiroq.

Shuning uchun yasalur

Mendan ulkan tayyora

Hatto sayr qildim men,

Uzoq – uzoq sayyora.




7 – guruh nomi “Natriy”:

Men natriyman faol metall,

Yasamaslar mendan detall.

Chunki tanim juda bo’sh,

Suvga juda o’ch.

Ovqatingiz mazasi,

Uy ro’zg’orga juda kerak

Ichimlik va kir sodasi.


Har bir guruh o’z nomi haqida ma’lumotlar berib bo’lishgach “oltin kalitcha” savollariga javob beriladi va bu bilan ular 5 ta imkoniyatdan 3 tasini egallaganliklari qayd qilinadi (har savolga 1 ball). Bahosini “5” ballga to’ldirish uchun ular yangi mavzu savollariga javob yozib kelishlari va yangi dars topshiriqlaridan faol ishtiroki bilan to’ldiriladi.

O’qituvchi yanigi mavzu haqida qisqa bayon etadi:

Asoslar deb metall atomi va bir yoki bir nechta gidroksid guruhlaridan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi. (NH4OH ham shu moddalar guruhiga kiradi). Asoslar tarkibidagi gidrokso guruhlar soni metall atomining valentligiga son jihatidan teng bo’ladi, chunki gidrokso guruh shartli ravishda bir valentlidir.

Asoslarning umumiy formulasi Me(OH)n

Nomlanishi: Asosalarning nomlanishi o’zgarmas valentli metallar uchun “metall atomi+gidroksid” shaklida yasaladi: kaliy gidroksid – KOH, bariy gidroksid – Ba(OH)2.

Agar metall atomi o’zgaruvchan valentli bo’lsa va bir nechta xil gidroksidlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so’ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko’rsatiladi va qavsdan

keyin chiziqcha qo’yiladi hamda gidroksid so’zi yoziladi: “metall atomi nomi + (metall atomi valentligi rim raqamda) + [ - chiziqcha ] + gidroksid”.Masalan: temir(III)-gidroksid–Fe(OH)3, mis(II) – gidroksid – Cu(OH)2.

Asoslar fizik xossalari, ya’ni suvda erishi va erimasligiga qarab suvda eriydigan (ishqorlar) va erimaydigan asos, hamda kimyoviy xossalariga ko’ra amfoter asoslarga ham bo’linadi. Suvda eriydigan asoslar teri va to’qimalarni o’yish xossasiga ega bo’lgani uchun o’yuvchi ishqorlar deb ataladi. Masalan: KOH – o’yuvchi kaliy, NaOH – o’yuvchi natriy. Suvda eriydigan asoslarni I va II asosiy guruhchasidagi metallar hosil qiladi (Be va Mg dan boshqa), shuning uchun bu guruhchani ishqoriy va ishqoriy yer metallari deb aytamiz. Qolgan asoslar suvda erimaydi. (Fe(OH)2, Cu(OH)2). Amfoter asoslar ham kislota, ham asos xossalarini namoyon qiladi (Zn(OH)2, Cr(OH)3, Al(OH)3).



Qiziqarli tajriba

O’qituvchi o’quvchilarga laboratoriya daftarlarini ochilishlarini aytib 11 – laboratoriya mavzusini yozishlarini ta’kidlaydi, so’ngra shisha idishdagi kerosin ostida saqlanadigan natriy bo’lakchasidan ozgina kesib olib, uni probirkadagi yoki petri kosachasidagi suvga tashlaydi, shu ondayoq shiddatli reaksiya ketib, vodorod gazi ajrala boshlaydi va idish ichidagi rangsiz eritma pushti rangga aylanadi. Bunga sabab nima? Tegishli kimyoviy reaksiyani yozing.

Javob: eritma rangining qizarishiga sabab, probirkadagi suvga o’qituvchi oldindan 1- 2 tomchi fenolftaleinning spirtdagi eritmasidan tomizgan edi.

Fenolftaleinli ishqor eritmasini kislota eritmasi bilan neytrallash natijasida idikator rangini yo’qotadi.

Buni quyidagi jadval asosda tushuntiramiz.


Indikator nomi

Neytral ertymadagi rangi

Kislota eritmadagi rangi

lakmus

Binafsha

Qizil

fenolftalein

Rangsiz

Rangsiz

Metilzarg’aldog’i

To’q sariq

Qizil

1. Ishqoriy va ishqoriy – yer metallarning suv bilan ta’sirlanishi natijasida olinadi.

a) 2Na+2H2O=2NaOH+H2

b) Ca+2H2O=Ca(OH)2+H2

2. Ishqoriy va ishqoriy – yer metallari oksidlarining suv bilan ta’sirlaqnishi natijasida olinadi:

a) Na2O+H2O=2NaOH

b) CaO+H2O=Ca(OH)2

3. Suvda erimaydigan asoslar tuzlarning suvdagi eritmasining ishqor bilan ta’siri natijasida olinadi. (11 – laboratoriya)

a) CuSO4+2NaOHCu(OH)2+2Na2SO4

havo rangli cho’kma

11 – laboratoriya ishining tartibiga ko’ra biz bugungi darsimizda suvda erimaydigan asoslarning kislotalar bilan o’zaro ta’sirini kuzatishimiz kerak. Shuning ko’ra:

1. 3 – a,b reaksiyalarda ko’rsatilgan mis (II) – gidroksidni hosil qilib, ularning biroz miqdorini probirkalarga solib, 3 – 4 ml dan suv quyamiz.

2. Mis(II) – gidroksid va temir (III) – gidroksid solingan probirkalarga asoslar to’liq erib ketguncha, 1 – probirkaga sulfat kislota, 2 – probirkaga xlorid kislota eritmalaridan oz – ozdan quyamiz.

Topshiriq:

1. Bajarilgan ishlar bo’yicha qisqa xulosa yozing.

2. Kimyoviy reaksiya tenglamalarini yozing.

3. Bugungi laboratoriya ishidagi ishlatilgan asbob va idishlarning izohli rasmini chizing.

Mustahkamlovchi qism:Tarqatma materiallar orqali mustahkamlanadi.

1. Asoslarni qanday sinflarga bo’lish mumkin?

2. Suvda eriydigan asoslar qanday umumiy nom bilan ataladi?

3. Suvda erimaydigan asoslar qanday olinadi?

4. Amfoter asoslar haqida nima bilasiz?

5. Qanday moddalar asoslar deb ataladi va ular qanday nomlanadi?

6. Quyidagi oksidlarga mos keluvchi asoslarning formulalarini yozing: CaO, Li2O, Al2O3

Anogramma – 5 daqiqa

1. Tanriy Natriy Na

2. Yibar Bariy Ba

3. Siykal Kalsiy Ca

4. Rimet Temir Fe

5. Mulainiy Aluminiy Al

6. Sim Mis Cu

Bu anorgramma mavzuga doir bo’lib, 1 – ustuni magnit doskaga yozilib turadi, shunga ko’ra 2 – ustuni bo’r bilan yoziladi, 3 – ustunga magnitli element belgilari qo’yilib chiqiladi.

Uyga vazifa: 116 – bet 3 – 4 mashqlarni yechib, yangi mavzuni o’qib kelish.

XULOSA


1.Ilmiy va metodik adabiyotlardan kimyo o’qitish metodlariga oid ishlar chuqur tahlil qilib chiqildi. «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari»mavzularini noan’anaviy va interfaol darslar asosida o’qitish eng samarali,ta’limiy nuqtai nazardan foydalanishga qulay degan xulosaga kelindi.

2. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzularini o’qitish samaradorligini noan’anaviy va interfaol usullardan foydalanish orqali oshirish mumkinligi aniqlandi.

3. O’quvchilarning kimyoga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga mo’ljallangan mavzuga oid elektron pedagogic dasturiy vositalar bayon etildi, noan’anaviy va interfaol darslarning senariylari ishlab chiqildi.

4.Maktab kimyo kursinining «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzulari bo’yicha o’tkaziladigan noan’anaviy va interfaol darslar, o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga, mustaqil o’quv-bilish faoliyatini kuchaytirishga yordam beradi.

5. Taklif qilinayotgan ushbu metodik tavsiyalarning amaliy ahamiyati juda katta bo’lib, ungan uzluksiz ta’limning barcha sohalarida ishlayotgan kimyo fani o’qituvchilari o’z faoliyatida foydalanishlari mumkin.
Foyfalanilgan adabiyotlar

1. Asqarov I.R.,To’xtaboyev N.X.,G’opirov K. Kimyo.7-sinf. Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun darslik.-Toshkent:Sharq,2009.-160 b.

2. Asqarov I.R.,To’xtaboyev N.X.,G’opirov K. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun metodik qo’llanma.-Toshkent:2003.-128 b.

3. Maktabda kimyo jurnali. 2011-2013 yil sonlari.

4. Обучение химии в 7 классе: Пособие для учителя / А. С. Корощенко П. Н. Жуков М. В. Зуева и др.; Под ред. А. С. Корощенко. – М.: Просвещение, 1988.

5. Xomchenko G.P., Xomchenko I.G. Kimyo.Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun.-Toshkent:O’qituvchi,2011.-720 b.



Internet resurslar

  1. http://n.ziyouz.com/books/darsliklar/yangi/7-sinf/Kimyo.%207-sinf%20(2017,%20I.Asqarov,%20N.To'xtaboyev).pdf

  2. http://library.ziyonet.uz/uz/book/download/17040

  3. https://fardu.dist.edu.uz/pluginfile.php/279115/mod_resource/content/1/1%20MAVZU%20KOM%202020.pptx

  4. https://arxiv.uz/uz/download/referatlar/informatika-va-at/microsoft-power-point-dasturida-ishlash

  5. https://studfile.net/download.php?id=7882890&code=2e8877749e4ebd27b9efd09e6ace33d1&download-status=process0001

  6. https://eduportal.uz

  7. https:// www.Uzedu.uz


Download 407.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling