Tabiiy fanlari fakulteti


Download 254.09 Kb.
bet10/13
Sana08.01.2022
Hajmi254.09 Kb.
#239452
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ibroximova N

T e s t l a r



Eslash va to’ldirish

uchun testlar

Tanlov testlar





M u q o b i l

t e s t l a r

Kesishuvchi tanlovli testlar

Ko’p tanlovli testlar

Kimyo darslarida o’quvchilar bilim va ko’nikmalarini tekshirish va baholashda test sinovlari muhim o’rin tutadi. O’quvchilardan kimyoviy testlarni olishda ularning o’zlashtirish darajasiga qarab, test topshiriqlarini tuzish maqsadga muvofiq bo’ladi. Test topshiriqlarida nazariy savollar bilan birga kimyoviy masalalardan foydalanish yaxshi samara beradi, chunki o’quvchilar bunday masalalarni yechayotganda o’zlarining nazariy bilimlariga tayanib, mustaqil fikrlash qobiliyatini oshiradilar. Guruhdagi har bir o’quvchining bilim va ko’nikmalariga qarab test materiallarini tuzish ularning o’zlashtirish darajasining yanada yaxshilanishiga olib keladi. O’zlashtirish saviyasi yaxshiroq bo’lgan o’quvchilarning test topshiriqlariga nisbatan murakkabroq masalalardan kiritish bilan ularning bilim saviyasini yanada oshirish mumkin. O’zlashtirish saviyasi o’rtacha bo’lgan o’quvchilarga nisbatan engilroq masalalr berib, keyinchalik ular e’tiborini ancha qiyinroq masalalarni yechishga qaratish mumkin. Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun o’tilgan mavzulardagi asosiy kimyoviy tushunchalarni o’zida mujassam etuvchi engil masalalar berib, ularni masalalarni yechish usullarini o’rganishga jalb qilish kerak. Buni quyida keltirilgan misollarda ko’rishimiz mumkin;

O’zlashtirish saviyasi yaxshiroq bo’lgan o’quvchilar uchun:

Masala: 5% li 50 g bariy gidroksid eritmasiga 5% li 50 g natriy sulfat eritmasi qo’shildi. Natijada necha gramm cho’kma hosil bo’ladi?

A. 3, 40 B. 3, 25 C. 2, 25 D. 4, 40 E. 3, 0

O’zlashtirish saviyasi o’rta bo’lgan o’quvchilar uchun:

Masala: 60% li eritma tarkibidagi erituvchining massasi uch barobar ko’paytirildi. Hosil bo’lgan eritmaning massa ulushini hisoblang.

A. 20 B. 15 C. 25, 5 D. 33, 3 E. 35, 5

O’zlashtirish saviyasi past bo’lgan o’quvchilar uchun:

Masala: Na2SO 4 ning 1, 5 mol miqdori necha grammga teng?

A.142 B.213 C.284 D.355 E.426

Maktabda kimyo o’qitish jarayonida o’quvchilarni ko’rsatib o’tilgan masalalarni yechishga o’rgatish bilan bir qatorda, ularni kimyo fani va uning yutuqlarini xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llash darajasining ortib borayotganligidan xabardor bo’lishga o’rgatishimiz kerak. Eng muhimi, inson zakovatining uzluksiz taraqqiyoti, fan va texnikaning rivojlanishi tufayli insonning tabiat sirlarini chuqurroq o’rganib borishi hayotiy zaruriyat ekanligini his qilib, maktab o’quvchilarini mamlakatimiz fan va texnikasini rivojlantirish uchun, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qiluvchi sog’lom va barkamol avlod ruhida tarbiyalashimiz lozim.

Ammo kompyuterda test olish ko’p jihatdan o’qituvchi va o’quvchi ishida yengillik yaratadi.


Download 254.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling