Tabiiy fanlari fakulteti
II.4. Test asosida tekshirish. Komp'yuter asosida test olish uslubi
Download 254.09 Kb.
|
Ibroximova N
II.4. Test asosida tekshirish. Komp'yuter asosida test olish uslubi
O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Testlarni turlari, eslash va to’ldirish uchun testlar, tanlov testlari, alternativ, ko’p tanlovli va kesishuvchi tanlovli testlar Hozirda o’quvchilarning bilimini sinab ko’rishda asosan – test-sinov usulidan keng foydalanilmoqda. Testli sinovda o’quvchilar faqat o’zlarining bilimlarini tekshirib ko’rishmaydi, balki mazkur fandan olgan bilimlarini mustaqil ravishda takomillashtirishadi va chuqurlashtirishadi. Test (test)- inglizcha so’z bo’lib, tadqiq etish, tekshirish, sinab ko’rish degan ma’noni anglatib, diagnostika metodi hisoblanadi, unda standart savollar beriladi. Testli sinov va imtihonlarning an’anaviy imtihonlardan afzalligi shundaki, o’quvchi o’zining chuqur bilimini, keng dunyoqarashini to’laroq namoyon qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Test sistemasi o’quvchilarni baholashning boshqa ko’rilgan uslublariga qaraganda qanday afzallikka ega. Undan foydalanish mohiyati nimada? 1. Barcha o’quvchilarga teng sharoit yaratiladi (vaqt hisobida ham, test savollarini tanlash hisobida ham) 2. Ma’lum vaqt ichida ham o’quvchilaring keng doirasini ham mavzuning to’liq doirasini qamrab olish mumkin. 3. Berilgan savollarda tasodifiylik elementlari kamayadi, bu esa imtihon oluvchining noxolisligini yo’qqa chiqaradi. 4. Imtihon oluvchi va topshiruvchi o’rtasida subyektiv fikrni yo’qqa chiqaradi. 5. Tekshirishga vaqt va kuch sarflash kamayadi, shu bilan birga o’qituvchi va o’quvchi ustida nazoratni yengillashtiradi. 6. Test javoblariga mashina tomonidan tezda statik ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo’ladi, chunki savol va javoblar standart shaklga ega. Testlarni bir qancha turlari mavjud. -eslash va to’ldirish uchun testlar. -tanlov testlari. Tanlov testlari o’z navbatida anternativ, ko’p tanlovli va kesishuvchi tanlovli testlarga bo’linadi. Testlarning bunday xilma-xilligi 1-rasmda ko’rsatilgan. Download 254.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling