Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi
Yerda hayotning boshlanishi -
Download 333.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X
Yerda hayotning boshlanishi -
bu oqsillami ishlab chiqarish xu- susiyatiga ega bo'lgan - nuklein kislotalarning paydo boTishi bi lan bog‘liqdir. Murakkab organik moddalarning oddiy tirik tanalarga o ‘tish mexanizmi hozircha nom a’lum bo‘lib qolmoqda. Biokimyoviy evolyutsiya nazariyasi faqat umumiy sxemani ilgari suradi, xolos. Tirik organizmning xulq-atvorini aniqlovchi barcha jarayonlar hu- jayralarda sodir bo'ladi. Hujayra maxsus biomolekulalarni sintez qili shi va chiqindilardan xalos bo'lishi uchun lozim boMadigan iste’mol moddasini qabul qilish jarayonida - unda bir vaqtning o'zida minglab 71 kimyoviy reaksiyalar ro ‘y beradi. Tirik hujayra izotermik ximiyaviy mashina hisoblanadi, bu mashina normal - to‘xtovsiz ishlab turishi uchun fermentlar deb ataluvchi biologik katalizatorlar bo‘lishi kerak. Fermentlar tabiatan oqsil molekulalari bo‘lib, har bir ferment m a’lum bir tipdagi ximiyaviy reaksiyani katalizlaydi. Ular genlar ta ’sirini ro'yobga chiqaradigan hujayraning ishchi apparatidir. Hujayradagi biologik jarayonlar uchun fermentlar katta ahamiyat kasb etadi (9- rasm). Ular ko‘pincha yuqori darajada ixtisoslashgan bo'lib, faqat 9-rasm. Ferment. bitta reaksiyaga ta ’sir etishi mumkin. Ularning ish prinsipi shundaki, boshqa modda molekulalari ferment molekulasining faol qismlariga bog‘lanib olishga intiladi. Shu tufayli ularning to ‘qnashish ehtimoli va demakki kimyoviy reaksiyalar tezligi ham oshadi. Oqsilning sintezi — hujayra sitoplazmasida amalga oshadi. Inson hujayrasining kattaligi mikrometrdan boshlab toki 1 m va undan or- tiq bo'ladi. Hujayra differensiallashgan bo'lishi mumkin (nervniki, muskulniki va h.k.) Ulardan ko'plari qayta tiklanish xususiyatiga ega bo'lishadi, lekin ba’zilari, masalan nerv hujayralari tiklanmaydi yoki deyarli tiklanmaydi. Yadrosiz lekin DNK iplariga ega bo'lgan hujayralar hozirgi bak- teriyalarni eslatadi. Shunday qadimiy organizmlarning yoshi taxminan 3 mlrd yilni tashkil etadi. Ular rang-barang xususiyatlarga ega: hara- katchanlik, ovqatlanish. ovqat va energiyani zaxirada yig‘ ib qo'yish, no- 72 maqbul ta’sirlardan himoyalanish, ko'payish, ta’sirlanish, o'zgaruvchan tashqi muhitga moslashish, o'sish qobiliyatiga ega bo'lish. Keyingi bosqichda (taxminan 2 mlrd yil ilgari) hujayrada yadro paydo bo'lgan. Yadroli, bir hujayrali o rg an izm lar- oddiy organizmlar deyiladi. Ularning turi 25-30 mingdan iborat. Ularning eng oddiysiga amyobalar misol bo'la oladi. Taxminan 1 mlrd yil ilgari dastlabki ko'p hujayrali organizm lar paydo bo'lishgan. Shunda o'sim lik va hayvon turmush tarzlari bo'yicha ajralish paydo bo'lgan. O 'sim liklar uchun vujudga kelgan faoliyatning muhim natijasi fotosintez bo'ldi. Xlorofill donachalari quyosh energiyasini yutishi oqibatida uglerodli kislotalar va suvdan organik moddalar yaratildi. Fotosintez kislorod ishlab chiqib, atmosferani boyitdi. Kislorod esa nafaqat faol kimyoviy agent, balki azonning manbasi ham hisoblanadi. Azon o 'z navbatida Yer sirtiga tushuvchi qisqa to'lqinli ultrabinafsha nurlar- ning yo'lida ishonchli to'siq vazifasini o'tay boshladi. Download 333.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling