Tabiiy gaz tarkibidagi nordon gazlarni fizik kimyoviy usul bilan ajratish jarayonini takomillashtirish


-rasm: Absorbsiyalanish jarayoni tuzilishi


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/25
Sana18.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1560074
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
tabiiy gaz tarkibidagi nordon gazlarni fizik-kimyoviy usul bilan ajratish jarayonini takomillashtirish

4-rasm: Absorbsiyalanish jarayoni tuzilishi. 


68 
5-rasm: Desorbsiyalanish jrayoni tuzilishi. 
3.3. Gaz va suyuqlik aralashmasini ajratishni fizikaviy asoslari. 
Mamlakatimizni yer ostidan olinayotgan gazlarning 70 % ga yaqini sanoatda 
yonilg‗i va hom ashyo sifatida ishlatiladi, 20 % ga yaqini elektroenergiyani ishlab 
chiqarish uchun yonilg‗i sifatida foydalaniladi. 
Hozirgi vaqtda tabiiy gazlar yer ostidan olingandan sо‗ng konlarda qayta 
ishlanib, ularni tovar gaz holiga keltiriladi, shu bilan birga, undan etan, propan, 
butan, izobutan gazlari, oltingugurt, merkaptanlar, gazokondensat, hatto motor 
yonilg‗ilari ishlab chiqariladi. 
Yer ostidan gaz bosim ostida chiqadi va tashqariga chiqqandan keyin bosim 
pasayadi. Shuning natijasida gazning tarkibidagi suyuq holdagi qismi 
kondensatsiyaga uchrab ajralib chiqadi, buni gaz kondensati deymiz. 


69 
Kondensatdan tozalangan gazni tarkibida yana birmuncha zaxarli chiqindilar 
bor. Tabiiy gaz CnH
2n+2
tо‗yingan uglevodorodlardan iborat. Kimyoviy tarkibi: 
asosan metan gazi 96-99 % ni tashkil etadi. Oz miqdorda C
2
-C
4
gazlari bor. Shular 
bilan birga n-pentan, izopentan, geksan, geptan va boshqa og‗ir uglevodorodlar 
ham qо‗shilib chiqadi. Bulardan tashqari azot, S0
2
, H
2
S, inert gazlar (Ag, Ne, Kg, 
Xe,) ham mavjuddir. 
Azot va S0
2
hamma gazlarda 10 %, ba‘zan undan ortiq hajmda uchraydi. 
Bular keraksiz gazlardir. H
2
S gazi esa zaharli, suv bilan qо‗shilib metall 
buyumlarni korroziyaga olib keladi. Shuning uchun 100 m gazda 2 g H
2

qolguncha tozalanadi. 
Geliy esa 1 % dan kamroq. 
Tabiiy gaz odatda uzoq masofalarga trubalar orqali uzatiladi. Gaz yо‗lida 
iqlim sharoiti har xil bо‗lganligi sababli gazni tarkibidagi suvdan tozalash 
ahamiyatga ega. 
Gazni tarkibidagi namlik, suyuq uglevodorodlar, zaharli va boshqa chiqindilar 
gaz trubalarini ish samaradorligini kamaytiradi, korroziyani kuchaytiradi, 
kompressorlarni istemol qiladigan energiyasini kо‗paytiradi, kuzatish va tekshirish 
moslamalarini trubkalarida tiqilib qoladi. Bular texnologiya qurilmalarini ishini
murakkablashtiradi, avariya holatiga olib kelishi mumkin. Shu sababli tovar gaziga 
quyidagi talablar qо‗yiladi: 
1) Bizni sharoitimizda qish davrida (X-1U) - 6°C, yoz davrida (U-1X) O
0

dan yuqori xaroratda gazni tarkibidan suv kondensati hosil bо‗lishi mumkin emas. 
2) Mexanik chiqindilar 100 m
3
gazni tarkibida 0,1 g dan oshmasligi shart. 
3) N
2
gazini miqdori 100 m
3
gazni tarkibida 2 g dan oshmasligi shart. 
4) Kislorodni miqdori 1 % dan oshmasligi shart. 
5) Qish va yoz fasllarida ± 0°C da gazlarning tarkibidagi suyuq SI larni 
ajralib chiqmasligi. 
Tovar gazni sifatini uzluksiz ravishda avtomatlashtirilgan moslamalar 
yordamida tekshirib boriladi. 


70 
Gaz va suyuqlik aralashmasini ajratishni fizikaviy asoslari 
Tabiiy gaz maxsus kurilmalarda tindirilib uni gaz kondensati va suvdan 
ajratilgandan keyin ham gazning hajmida suyuqlikning juda mayda zarrachalari 
qoladi. Zarrachalarning kattaligi 0,1-20 mkm dan to 1000 mkm ga teng. Gazni 
trubalar moslamalar ichida xarakat qilganda suyuqlik zarrachalari bir-biri bilan 
birlashib zarracha kanalashishi mumkin va aksincha gaz yuqori tezlik bilan xarakat 
qilsa zarrachalarning hajmi maydalanib ketishi mumkin. 
Tovar gazning 1 m
3
da 300-350 mg suyuqlik qolishi mumkin. Qolgan qismini 
maxsus separatorlarda ajratib olinadi. Separatorlar ishlash uslubiga qarab bir necha 
xil bо‗ladi: 
1) Suyuqlik zarrachalari о‗z og‗irligi tufayli ajraladi-gravitatsionniy. 
2) Zarrachalar inersiya kuchi yordamida ajraladi-inersionniy. 
3) Zarrachalar markazdan uzoqlashuvchi kuch hisobiga ajraladi-sentrobejniy. 
4) Filtrlovchi - suzuvchi. 

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling