Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar
-bob. Maishiy iste’molchilar, shu jumladan oilaviy korxonalar tomonidan tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish tartibi
Download 174 Kb.
|
28-Vazirlar Mahkamasining 2018
9-bob. Maishiy iste’molchilar, shu jumladan oilaviy korxonalar tomonidan tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish tartibi
87. Hisob-kitob oyida yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi Byuro vakillari tomonidan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priboridan ko‘rsatkichlarni yozib olish (TGHNATga ulangan, shuningdek, tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan va belgilangan me’yorlar bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar bundan mustasno) asosida, keyinchalik yozib olingan ko‘rsatkichlar billing tizimiga kiritish, shuningdek, iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini interaktiv xizmatlar vositalariga kiritish orqali aniqlanadi. Bunda oilaviy korxonalar tomonidan hisob-kitob oyida iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmi, faqat tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlaridan ko‘rsatkichlarni to‘liq yechib olish asosida aniqlanadi. 88. Hisob-kitob oyida tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlaridan ko‘rsatkichlarni to‘liq yozib olish ta’minlanmagan taqdirda, qamrab olinmagan iste’molchilar bilan hisob-kitob joriy oyda tabiiy gazni iste’mol qilish me’yorlaridan kelib chiqib va keyingi oyda haqiqatda iste’mol qilingan hajmga aniqlik kiritgan holda amalga oshiriladi. Bunda ko‘rsatkichlarga aniqlik kiritilgandan so‘ng haqiqatda iste’mol qilingan gaz uchun qayta hisob-kitob amalga oshiriladi. 89. Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (TGHNAT) ulangan va belgilangan me’yorlar asosida hisob-kitob qilinadigan iste’molchilarga hisob-kitob oyida yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi billing tizimi orqali avtomatlashtirilgan rejimda aniqlanadi. 90. Billing tizimiga kiritilgan ko‘rsatkichlar asosida gaz ta’minoti tashkiloti yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmini, debitorlik va kreditorlik qarzdorlik bo‘yicha ishonchli hisobni amalga oshirish uchun har bir iste’molchining shaxsiy hisobraqamlari bo‘yicha yakuniy hisob-kitobni amalga oshiradi. 91. Iste’molchining telefon raqami mavjud bo‘lgan taqdirda, gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchilarni tabiiy gaz uchun to‘lovni amalga oshirish zarurligi haqida avtomatik rejimda (ovozli qo‘ng‘iroq yoki SMS) xabardor qilishni ta’minlaydi. 92. Iste’molchi oy tugaganidan so‘ng 10 kun mobaynida iste’mol qilingan gaz hajmi uchun tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlari yoki belgilangan me’yorlar asosida to‘lovni amalga oshiradi. 93. Ushbu Qoidalarning 92-bandida ko‘rsatib o‘tilgan muddatda iste’mol qilingan tabiiy gaz haqi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda penya to‘laydi. Oldingi tahrirga qarang. Iste’mol qilingan tabiiy gaz bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va ro‘yxatdan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi. (93-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son) 94. Iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lov bank muassasalari va kommunal to‘lovlarni qabul qilish kassalari, shuningdek, elektron to‘lovlar orqali yoki bevosita naqd bo‘lmagan shaklda to‘lov qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan Byuro vakili orqali amalga oshirilishi mumkin. 95. Gaz ta’minoti tashkiloti har oyning 11 sanasidan kechiktirmay, yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun qarzdor bo‘lgan iste’molchilar ro‘yxatini shakllantiradi va yagona elektron idoralararo baza orqali Byuroga taqdim qiladi. 96. Byuro yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun qarzdor bo‘lgan iste’molchilar ro‘yxatini olgan kunning ertasidan kechiktirmay, iste’molchilarni qarzni besh kun ichida uzish lozimligi haqida xabardor qilishni ta’minlaydi. Download 174 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling