Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish


Download 174 Kb.
bet10/20
Sana04.04.2023
Hajmi174 Kb.
#1325859
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
28-Vazirlar Mahkamasining 2018

6-bob. Tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
48. Gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti va iste’molchi o‘rtasida tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma gaz ta’minotining namunaviy shartnomasiga muvofiq tayyorlangan shaklda tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Gaz ta’minotining namunaviy shartnomasi “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgazta’minot” AJ tomonidan ishlab chiqiladi hamda, “O‘zneftgazinspeksiya” va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(48-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
49. Maishiy iste’molchilar bilan tabiiy gaz yetkazib berish shartnomasi tuzilmagan taqdirda, shartnoma gaz tarmog‘iga belgilangan tartibda amalda ulangan vaqtdan tuzilgan hisoblanadi.
Bunda gaz ta’minoti tashkiloti mazkur iste’molchi bilan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi tuzish hamda ushbu Qoidalar talablariga muvofiq tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari ko‘chmas mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazgandan so‘ng uch kun muddat ichida iste’molchi bilan shartnomani qayta rasmiylashtirish uchun gaz ta’minoti tashkilotiga ko‘chmas mulk egasi to‘g‘risida ma’lumot yuboradi.
50. Tabiiy gaz iste’molchilarining boshqa toifalariga tabiiy gaz faqat shartnomalari asosida yetkazib beriladi.
51. Iste’molchilarga shartnomada belgilangan hajmda tabiiy gaz (maishiy iste’molchilardan tashqari) mazkur Qoidalarning 4 va 9-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq yetkazib beriladi.
52. Tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasida gazdan foydalanish uskunalari va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlariga texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi va tartibi qonun hujjatlari talablari va texnik hujjatlarga muvofiq ko‘rsatilishi shart.
53. Tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2 nusxada, taraflarning har biri uchun bir nusxadan tuziladi.

Download 174 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling