Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Maishiy va kommunal xo‘jalik iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulanish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi


Download 174 Kb.
bet6/20
Sana04.04.2023
Hajmi174 Kb.
#1325859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
28-Vazirlar Mahkamasining 2018

4-bob. Maishiy va kommunal xo‘jalik iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulanish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
11. Iste’molchilar (shu jumladan, umumiy hisob quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan gazdan foydalanish uskunalariga ega oilaviy korxonalar) amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq va qonun hujjatlariga ko‘ra gazlashtirish ishlarini bajarish huquqiga ega tashkilotlar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilgan holda ishlab chiqilgan gazlashtirish loyihalariga asosan gaz bilan ta’minlanadi.
12. Iste’molchilarni quyidagi tartibda gaz bilan ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi:
iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga elektron yoki yozma shaklda gazlashtirish haqidagi arizani kadastr hujjati nusxasini ilova qilgan holda taqdim etadi;
taqdim etilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz ta’minoti tashkilotining mutaxassislari tomonidan joylarga chiqib, gazlashtirishning texnik imkoniyatlariga mos kelishi yoki mos kelmasligi bo‘yicha o‘rganiladi. O‘rganish natijasida gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, iste’molchiga ichki gaz quvurlari, gazda ishlaydigan asboblar (turi va soni) va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlariga qo‘yilgan talablarni o‘z ichiga olgan gazlashtirish texnik shartlari beriladi.
Iste’molchi obyekti joylashgan hududda iste’molchiga gazta’minoti tashkiloti tomonidan tabiiy gaz uzatish imkonini beradigan quvvatga ega bo‘lgan gazni taqsimlash tarmog‘i mavjud bo‘lganda, iste’molchini gaz bilan ta’minlashning texnik imkoniyati mavjud deb tan olinadi.
Gazlashtirilgan xususiy uy-joylar maishiy iste’molchi va oilaviy korxonaga ajratilgan taqdirda, ularning har biri gazlashtirish loyihalari asosida, tabiiy gaz iste’molini hisobga olish uchun alohida priborlar o‘rnatish sharti bilan va oilaviy korxonani gazlashtirish uchun qo‘shimcha gazlashtirish texnik sharti olingan holda gaz bilan ta’minlanadi.
Gazlashtirilgan xususiy uy-joylar ikki va undan ortiq maishiy iste’molchiga ajratilgan taqdirda, har bir uy qismi uchun alohida gazlashtirish loyihalarini ishlab chiqish va gazlashtirish uchun qo‘shimcha texnik shartlarni olmasdan tabiiy gaz iste’molini hisobga oladigan alohida priborlar o‘rnatish sharti bilan uy-joyni ajratish rejalari (kadastr hujjati) asosida gaz bilan ta’minlanadi.
13. Gazlashtirish (gazdan foydalanish uskunalari, qurilma va uy ichi gaz quvurlari) loyihasi qonun hujjatlariga muvofiq mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan loyiha tashkilotlari tomonidan gazlashtirish texnik shartlari asosida ishlab chiqiladi.
14. Gazlashtirish loyihasida quyidagi yechimlar nazarda tutilishi kerak:
belgilangan standartlarga muvofiq samarali gazdan foydalanish uskunasini o‘rnatish;
iste’mol qilinayotgan tabiiy gaz sarfining hisoblangan diapazonida hisobga olishning ishonchliligini ta’minlaydigan, gaz hajmini standart shartlarga muvofiqlashtirish uchun zarur qurilmalar bilan jihozlangan hamda tabiiy gaz iste’molini avtomatik tarzda nazorat qilish va hisobga olish tizimiga mos keladigan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini (ularni qulay joylashuv nuqtalarini ko‘rsatgan holda) o‘rnatish.
15. Gazlashtirish loyihasi gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari (keyingi o‘rinlarda QMI deb ataladi) boshlanishidan avval, biroq gazlashtirish uchun texnik shartlar berilgan kundan boshlab 24 oydan kechikmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
16. QMI gazlashtirish loyihasiga muvofiq, mazkur ishlarni bajarish huquqiga ega tashkilot tomonidan ijro-texnik hujjatlar va yerto‘la inshootlaridagi boshqa kommunikatsiyalarning kirish joylarini germetik zich yopilganligi haqidagi dalolatnomani tuzgan holda bajariladi.
17. QMIni amalga oshirgan tashkilot gaz ta’minoti tashkilotiga dudburon va ventilatsiya kanallarini tekshirish, shuningdek, yerto‘la inshootlaridagi boshqa kommunikatsiyalarning kirish joylarini germetik zich yopilganligi haqidagi dalolatnomalarni taqdim etadi.
18. Yangi qurilgan ichki gaz quvurini foydalanishga qabul qilish va gazdan foydalanish uskunasini ishga tushirish-sozlash ishlari (keyingi o‘rinlarda ITSI deb ataladi) gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
19. ITSI yakunlangach, ishga tushirish dalolatnomasi tuziladi va iste’molchiga tabiiy gazdan foydalanish qoidalari bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Shundan so‘ng iste’molchi ishga tushirish dalolatnomasiga imzo chekadi va tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi tuziladi (ishga tushirish dalolatnomasining bir nusxasi gaz ta’minoti tashkilotida saqlanadi).

Download 174 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling