Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar


strategik ahamiyatga ega bo‘lgan iste’molchilar


Download 174 Kb.
bet4/20
Sana04.04.2023
Hajmi174 Kb.
#1325859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
28-Vazirlar Mahkamasining 2018

strategik ahamiyatga ega bo‘lgan iste’molchilar — uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish-texnologik obyektlarga ega bo‘lgan hamda tabiiy gaz yetkazib berish shartlari va ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan iste’molchilar;
tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari — bir yoki bir nechta funksiyalarni: tabiiy gaz sarfini (hajmini), haroratini va bosimini o‘lchash, priborlarning ishlash vaqtini hisobga olish; o‘lchov ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, saqlash va aks ettirishni bajarish uchun mo‘ljallangan o‘lchov texnika vositalari;
ishga tushirish-sozlash ishlari — kommunikatsiyalar va armaturalarga ega gazdan foydalanish uskunasini ishlashga tayyorlash va ishga tushirish, gazdan foydalanish uskunasi yuklamasini gazdan foydalanish uskunalari egasi bo‘lgan tashkilot bilan kelishilgan darajagacha yetkazish, shuningdek foydali ish koeffitsiyentini maqbullashtirmasdan gazdan foydalanish uskunasining isitish rejimini sozlashdan iborat bo‘lgan ishlar kompleksi;
Oldingi tahrirga qarang.
hisob-kitob davri — tabiiy gaz iste’molining sarfi (hajmi) aniqlanishi, iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun iste’molchi va gaz ta’minoti tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vaqt davri (oy);
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan yigirmanchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
zahira yoqilg‘i — tabiiy gaz yetkazib berish qisqaradigan yoki to‘xtaydigan davrda foydalanish uchun mo‘ljallangan yoqilg‘i;
zahira yoqilg‘i xo‘jaligi — zahira yoqilg‘isini saqlash, uzatish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalar va qurilmalar kompleksi;
rejim-sozlash ishlari — ish yuklamalari diapazonida loyihadagi (pasportdagi) foydali ish koeffitsiyentiga erishish maqsadida gazdan foydalanish uskunalarini sozlash, yoqilg‘i yoqish jarayonlarini tartibga solish vositalarini, issiqlikni utilizatsiya qiluvchi va yordamchi uskunalarni sozlashni o‘z ichiga oladigan ishlar kompleksi;

Download 174 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling