Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar
Download 174 Kb.
|
28-Vazirlar Mahkamasining 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. Tabiiy gazga bo‘lgan yillik ehtiyojni aniqlash
mavsumiy iste’molchilar — ulanish uchun belgilangan texnik shartlarga muvofiq tabiiy gazdan asosiy yoqilg‘i sifatida ma’lum bir davr mobaynida foydalanuvchi iste’molchilar;
gazlashtirish texnik shartlari — shartlariga rioya etish iste’molchining gazdan foydalanish uskunasini gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti gaz tarmoqlariga ulashning texnik imkoniyatini yaratadigan va gazlashtirish loyihasini (loyiha-texnik hujjatlarni) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadigan dastlabki hujjat. 3-bob. Tabiiy gazga bo‘lgan yillik ehtiyojni aniqlash 4. Iste’molchi (maishiy iste’molchilardan tashqari), shu jumladan oilaviy korxonalar har yili 15-iyulgacha bo‘lgan muddatda gaz ta’minoti tashkilotiga choraklar bo‘yicha (qish davri uchun — oylar bo‘yicha) taqsimlanadigan kelgusi yilgi tabiiy gaz iste’molining prognoz qilinayotgan hajmi uchun buyurtma beradi. Oldingi tahrirga qarang. 5. “O‘zbekneftgaz” AJ har yili 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda kelgusi yil uchun tabiiy gazni qazib olish, qayta ishlash, “O‘zstransgaz” AJ magistral gaz kuvurlarigacha yetkazib berishda o‘zining gazga bo‘lgan ehtiyojlari va texnologik yo‘qotishlarni aniqlaydi. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son) 6. Kelgusi yilda tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligi uchun texnik va ilmiy asoslangan normalarga ko‘ra mahsulot ishlab chiqarishning prognoz qilinayotgan hajmlarini hisobga olgan holda, tabiiy gazning ikki yillik (har choraklik) amaldagi sarfi va mahsulot ishlab chiqarish asosida iste’molchi tomonidan tegishli hisob-kitoblar bilan asoslangan bo‘lishi kerak. Maishiy iste’molchilar va kommunal xo‘jalik iste’molchilarning kelgusi yilda tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji tabiiy gazni belgilangan iste’mol qilish me’yorlari va (yoki) ikki yillik (har choraklik) amaldagi sarfi asosida gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan aniqlanadi. Oldingi tahrirga qarang. 7. Gaz ta’minoti tashkilotlari har yili 1-sentabrgacha tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojni choraklarga (qish davri uchun — oylar bo‘yicha) taqsimlagan holda (kelgusi yilda yangidan ishga tushiriladigan obyektlar uchun zahira hajmlarini nazarda tutgan holda), kelgusi yil uchun gaz ehtiyoji prognozini shakllantiradi hamda umumlashtirish va keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga taqdim etish uchun “Hududgazta’minot” AJga yuboradi. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son) Oldingi tahrirga qarang. 8. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi taqdim etilgan buyurtmalar asosida resurs va gaz uzatish imkoniyatlari, shuningdek, ichki tarmoq ehtiyoji va tabiiy gaz eksporti hajmlarini hisobga olib, tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojni choraklar bo‘yicha (qish davri uchun — oylar bo‘yicha) taqsimlagan holda, respublika bo‘yicha kelgusi yil uchun tabiiy gaz resurslarining va gazni taqsimlash balansini tuzadi hamda ushbu balansni kelgusi yil respublika bo‘yicha tabiiy gaz resurslari va gazni taqsimlash balansi loyihasini tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga 15-sentabrgacha taqdim etadi. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son) Oldingi tahrirga qarang. 9. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi kelgusi yil uchun respublika bo‘yicha tabiiy gaz resurslarining va gazni taqsimlashning tasdiqlangan balansiga muvofiq har yili 1-dekabrga qadar “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgazta’minot” AJga iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishning yillik va choraklik (qish davri uchun — oylar bo‘yicha) hajmlarini taqdim etadi. “Hududgazta’minot” AJ iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishning yillik va choraklik (qish davri uchun — oylar bo‘yicha) hajmlarini gaz ta’minoti tashkilotlariga yuboradi. (9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son) Gaz ta’minoti tashkilotlari iste’molchilar (maishiy iste’molchilardan tashqari) buyurtmalarini tabiiy gaz resurslarining va gazni taqsimlashning tasdiqlangan balansiga muvofiq ajratilgan hajmlar darajasida qayta ko‘rib chiqishga haqlidir. 10. Quyidagilar tabiiy gaz yetkazib berish ustuvor vazifa hisoblanadi: maishiy iste’molchilar, shu jumladan oilaviy korxonalarga; Oldingi tahrirga qarang. idoraviy va munitsipal uy-joy fondiga, yuridik shaxslar yotoqxonalariga va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga — aholini gaz bilan ta’minlash uchun hamda lokal qozonxonalarga — aholi ehtiyojlari uchun; (10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-martdagi 243-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/243/2807-son) qonun hujjatlarida belgilangan strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan iste’molchilarga. Download 174 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling