Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar
gaz tarmog‘ining bo‘linish chegarasi
Download 174 Kb.
|
28-Vazirlar Mahkamasining 2018
gaz tarmog‘ining bo‘linish chegarasi — gaz uzatish tashkiloti, gaz ta’minoti tashkiloti va iste’molchilar o‘rtasida gaz tarmog‘ining tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish priborlari o‘rnatilishi lozim bo‘lgan va tegishliligi bo‘yicha aniqlanadigan bo‘linish nuqtasi. Bunda, agar tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish pribori iste’molchiga tegishli bo‘lsa, tashqi (uzib qo‘yadigan) kran, agar tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish pribori gaz ta’minoti (gaz uzatuvchi) tashkilotga tegishli bo‘lsa — tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish pribori gaz tarmog‘ining bo‘linish chegarasi hisoblanadi;
tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi — gaz ta’minoti (gaz uzatuvchi) tashkilotiga tabiiy gazni iste’molchiga o‘zining gaz tarmoqlari orqali uzatish, iste’molchiga esa qabul qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovni amalga oshirish majburiyatini yuklaydigan bitim; kommunal va maishiy iste’molchilar — umumiy hisob quvvati 100 kVt bo‘lgan gazdan foydalanish uskunalarida maishiy maqsadlarda (ovqat tayyorlash, issiq suv ta’minoti va isitish) gazdan foydalanuvchi va yuridik shaxs maqomini tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar; ko‘rsatkichlarni nazorat uchun olish — Byuroning mas’ul vakili tomonidan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborining ko‘rsatgichlarini olish va o‘rnatilgan tamg‘alar butunligini ko‘zdan kechirish; ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi iste’molchilar — gazdan yoqilg‘i yoki xomashyo sifatida, shuningdek, umumiy hisob quvvati 100 kVt yuqori bo‘lgan gazdan foydalanish uskunalarida maishiy ehtiyojlarda (ovqat tayyorlash, issiq suv ta’minoti va isitish) foydalanuvchi, yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar. ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan iste’molchilar — tabiiy gaz yetkazib berish shartlari va ro‘yxati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aniqlanadigan ijtimoiy soha muassasalari va budjet tashkilotlari; Download 174 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling