Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar
Download 174 Kb.
|
28-Vazirlar Mahkamasining 2018
12-bob. 100 kVt dan ortiq quvvatga ega bo‘lgan gazdan foydalanish uskunalarini ishlatadigan iste’molchilar tomonidan tabiiy gazdan oqilona, xavfsiz foydalanish va uni normalash
128. Iste’molchilar tabiiy gazdan foydalanilgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki bajarilayotgan ishlar (xizmatlar) birligiga natura holida va shartli ravishda hisoblangan gaz sarfining tasdiqlangan normalariga ega bo‘lishlari kerak. 129. Ishlab chiqarishning barcha darajalarida gaz sarfini normalash amaldagi normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. 130. Gazdan foydalanish uskunalarini ishlatadigan tashkilotlar ushbu uskuna uchun gaz sarfining individual normalariga ega bo‘lishi, ular mavjud bo‘lmaganda esa, loyihalash yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etgan holda ularning texnik asoslangan normalarini ishlab chiqishi kerak. 131. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o‘tkazish qoidalariga muvofiq iste’molchilar tashkilotlarni (energiya auditorlarini) jalb etgan holda yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida energetika tekshiruvini o‘tkazishi kerak. Yoqilg‘i-energetika resurslaridan yoki ular turlaridan har birining jami iste’moli yiliga ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘ini tashkil qiladigan iste’molchilar energetika tekshiruvlaridan majburiy o‘tkazilishi kerak. Yoqilg‘i-energetika resurslarini energetika tekshiruvi natijalari bo‘yicha energiya auditorlari tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishdagi qoida buzilishlarini bartaraf etishga doir tavsiyalar va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar ro‘yxati texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lganda ikkilamchi energetika resurslaridan foydalangan holda beriladi. 132. Tabiiy gazni sarflash normalari iste’molchi tomonidan tasdiqlanadi va gazdan samarali va oqilona foydalanishni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishi, takomillashtirilishi kerak. 133. Yil mobaynida tasdiqlangan normalar uskunalar almashtirilgan yoki rekonstruksiya qilingan, buyumlar turlari, foydalaniladigan xomashyo tarkiblari o‘zgargan hollarda, gaz sarfining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar bajarilishini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 134. Tabiiy gazni sarflash normalariga rioya qilinishi hamda undan samarali va oqilona foydalanish yuzasidan ichki nazorat tashkilotlarning rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Download 174 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling