Tabiiy geografik tushunchalarini shakllantirish r e j a
Download 87.66 Kb.
|
Tabiiy geografik tushunchalarini shakllantirish
Tabiiy geografik rayonlar rivojlanishi, tarixi, geografik o`rni, tabiiy geografik jarayonlarga, tartibiy qismlarning majmuiga ko`ra bir-biridan farqlanadi. Har bir tabiiy geografik birlik bir butunligi, atmosfera sirkulyatsiyasida, gidrogeografiya tarmoqlarning xususiyatlarida, o`simlik va hayvonot olamida, zonal va azonal omillarda namoyon bo`ladi.
Tabiiy geografik birliklarning muhim xususiyatlaridan biri ularning maydon jihatidan bir butunligidir. Bu tamoyil har bir regionning yer yuzida boshqa yerda qayta uchramasligi, ularning xususiy belgilariga ega ekanligiga asoslanadi. Bir tabiiy geografik region faqat bir joyda yaxlit holda mavjud bo`ladi. Boshqa joylarda xuddi shunday region takrorlanmaydi, lekin ayrim o`xshash xususiyatlarga ega bo`lishi mumkin.
Tabiiy geografik o`lka - materikning geologik hamda geomorfologik tuzilishi, mikroiqlim sharoiti jihatidan bir butun, landshaftning ma`lum kenglik hamda balandlik zonallign tarkibiga ega bo`lgan qismidir. Tabiiy geografik o`lka landshaftlarning tarkib topishda ularning geologik-geomorfologik tuzilishi, iqlim sharoiti hamda tarixiy rivojlanish xususiyatlarida yetakchi rol o`ynaydi. Landshaftning boshqa komponentlari ham ana shularning bevosita ta`sirida bo`ladi.
Download 87.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling