Tabiiy geografik tushunchalarni shakllantirish
Download 370.27 Kb. Pdf ko'rish
|
TABIIY GEOGRAFIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH
Ekskursiya marshruti - bu ekskursiya guruhi bosib o‘tadigan yo‘l.
Marshrut ixcham, har bir obektga 10-15 daqiqa vaqt ajratilib, ishlab chiqilishi kerak. Marshrut xronologik, tematik va tematik-xronologik tartibda tuziladi. Obektlar har joyda joylashganligi sababli xronologik tartibga rioya qilish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun tematik marshrut tuzish osonroq bo‘ladi. Marshrutni tuzishda obektlardan takroriy harakatlanishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Lekin bunga ham hamma vaqt erishib bo‘lmaydi. Marshrutni ishlab chiqish ekskursiya marshruti sxemasini tuzish bilan yakunlanadi (ko‘cha va maydonlar nomi, avtobusdan tushish joyi, avtobus tezligi- sekin-30km.s; o‘rta-40-50km.s; tez-60—km.s). Ekskursiya marshruti tasdiqlangandan so‘ng ijodiy guruh ekskursiya matnini tuzishni boshlaydi. Ekskursiya amaliyotida u asosiy matn (kontrolniy tekst) deyiladi. Unga ijodiy guruh ishlab chiqqan ekskursiyani olib borish uchun barcha materiallar kiritiladi. Eng muhim malumotlar tanlanib, xulosalar qilinadi. Asosiy matnda foydalaniladigan materiallar manbaini ko‘rsatish zarur. Matn ham xronologik tartibda va ham ekskursiya obektlarining marshrut bo‘ylab joylashganligiga qarab tuzilishi mumkin, yani, mavzular yoritilishi ketma-ketligiga qarab. Asosiy matnda shuningdek, chiqishlar, xulosalar, mavzular orasidagi mantiqiy o‘tishlardan tuzilgan materiallar ham kiritiladi. Unda mavzuga taaluqli, lekin ekskursiyani ishlab chiqishda nazarda tutilmagan obektlar ham kiritilishi mumkin. Bu keyinchalik o‘sha mavzuda ekskursiya variantlarini ishlab chiqishda kerak bo‘ladi. Ijodiy guruhning barcha azolari, keyinchalik ushbu mavzuda ekskursiya olib bormoqchi bo‘lgan o`qituvchilar ham o‘zlarining individual matnlarini tuzadilar. Ular asosiy matnga mos kelishi, materiallarni hikoya qilish tartibi esa, marshrut obekti qanday tartibga joylashganligiga qarab, hikoya qilinishi shart. Download 370.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling