Tabiiy geografik tushunchalarni shakllantirish


Ishlab chiqarish korxonalari-


Download 370.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana16.03.2023
Hajmi370.27 Kb.
#1278677
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TABIIY GEOGRAFIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH

Ishlab chiqarish korxonalari- zavod, fabrikalar, temir yo‘l vokzallari, 
qishloq xo‘jalik korxonalari, ilmiy tadqiqot institutlari, aeroportlar ekskursiya 
ob’ektlari hisoblanadi.


Sayohat vaqtida o'qituvchi belgilangan joyda o'quvchilarni to'xtatadi va 
bajarilishi lozim bo'lgan topshiriqlarning tartib raqamini aytadi. O'quvchilar 
topshiriqni bajarayotgan vaqtda yon daftarchasiga faqat yozib olmasdan
rasm va sxemalar ham chizsalar, yaxshi bo'ladi. Bulardan tegishli mavzular 
o'rganilayotganda foydalaniladi. Ekskursiya so’ngida yakunlovchi yig’ilish 
yoki konferensiya o’tkaziladi, bunda o’kuvchilar kilingan ishlar haqida 
axborot beradilar, to’plagan materiallarini ko’rsatadilar. Ekskursiyada 
to’plangan materiallar — kolleksiyalar, gerbariylar maktab laboratoriyasini, 
tegishli kabinetlarni boyitadi.
Agar sayohat maqsadga muvofiq tarzda o'tkazilsa, o'quvchining 
qalbida bir umr muhrlanib qoladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


XULOSA. 
 
Tabiatga sayohat qilish — tabiiy geografiya boshlang'ich kursida 
maktab o'quv rejasining majburiy talabidir. Shunga qaramay hamma 
geografiya o'qituvchilari ham u talabni bajara olmaydi. Bunga asosiy sabab 
shuki, sayohat o'tkazish oddiy darsga nisbatan qiyin. Yana boshqa sabab ham 
bor sayohat o'tkazishga juda ko'p vaqt ketadi. Ekskursiya ta’lim-tarbiya 
berish shakllaridan biri bo’lib, unda o’rganilayotgan ob’ekt va hodisaning 
bo’lgan va ro’y berayotgan joyida kuzatiladi. Ekskursiyada o’quvchilar 
o’rganayotgan ob’ekt yoki hodisani bevosita o’z ko’zlari bilan ko’rib 
o’rganish, shuningdek o’rganilayotgan ob’ekt va hodisani asli holida, o’z 
o’rnida kuzatish, tekshirish imkoniyatlari tug’iladi. 
Urganiladigan ob’ektlarning ko’pligi, ko’lamining kengligi va xilma-
xilligi jihatidan geografiya fanining ekskursiya bazasi juda katta. Ekskursiya 
o’quvchilarda geografik tasavvur va aniq tushunchalar hosil qiladi. 
Ekskursiya o’quvchilarga shuncha kuchli ta’sir etadiki, pedagogning ta’siri 
shunchalik kuchli bo’lolmaydi. O’quvchnning dalada, qirda va tog’da 
o’tkazgan bir kuni maktabda o’tkazgan bir necha kundan ko’ra samaraliroq 
bo’lishi mumkin. Ekskursiya o’quvchylarni tetiklashtiradi,
ularning 
kuzatuvchanlik va sinchkovlik kobiliyatlarini, hayotiy faoliyatlarini oshiradi. 
O’quvchilar ekskursiya vaqtida ma’lum darajada mehnat qiladilar, tabiat va 


atrof bilan tanishadilar, o’z o’lkalarini yaxshiroq o’rganadilar, ekskursiya 
tufayli ularning o’z Vataniga bo’lgan muhabbati ortadi. Ekskursiya 
o`qituvchi bilan o`quvchilarni bir - biriga yaqinlashtiruvchi vositadir.
Ekskursiya tabiatni ongli va to’liq bilib olishga imkon beradi. Biron 
ko’rsatmali qo’llanma, biron badiiy tasvir o’rganiladigan ob’ekt va xodisa 
haqida ekskursiyadagidek to’liq tasavvur berishi qiyin. 
Yangi bilimlarni o’rganishda ekskursiya materiallaridan foydalanib 
borish maqsadga muvofiqdir. 



Download 370.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling