Tabiiy ofatlar deganda, bu tabiat va tabiat-texnogen hodisasi
Zilzilaning kuchini baholash
Download 20.72 Kb.
|
Hozirgi zamon jamiyati yuqori industrial rivojlanishi
Zilzilaning kuchini baholash.
Insoniyat o’zining butun tarixiy taraqqiyoti mobayinida ko`p yer silkinishlarni boshidan kechirgan, uning ayanchli oqibatlarining guvohi bo’lgan. O`tgan XX asrda eng kuchli yer silkinishlar quyidagi joylarda kuzatilgan: - 1920-yilda Xitoyda-180 ming. - 1923-yilda Yaponiyada-100 ming. - 1948-yilda Ashxabodda-110 ming. - 1960-yilda Marokkoda-12 ming. - 1968-yilda Eronda-12 ming. - 1970-yilda Peruda-66 ming. - 1988-yilda Armanistonda-25 ming. - 1990-yilda Tayvanda (o’lganlar soni aniq emas) - 1999-yilda Turkiyada –18 ming odam halok bo’lgan. Bizning asrimizda esa 2001-yilda Hindistonda 7,9 ball kuch bilan yer silkinib, unda 30 mingdan ortiq odam nobud bo’lgan va yuz mingdan ortiq insonlar boshpanasiz qolganlar. Uzoq tarixiy saboq, ya’ni yer silkinishi kishilarni ruhiy holatiga bo’lgan ta’siri, imorat va inshootlarning buzilishi, vayron qilinishi, yer yuzasida vujudga kelgan o’zgarishlar (yer sathida yoriqlar va buloqlarning paydo bo’lishi) yuz bergan hodisalarning kuchini baholashga o’rgatgan. Natijada nisbiy baholash shkalasi paydo bo’lgan. Zilzila kuchi ikki xil o’lchov birligida o’lchanadi. 1.Ballarda; 2. Magnitudada. Dunyoning juda ko’p davlatlarida yer silkininish 12 balli xalqaro o’lchov birligida o’lchanadi. Ball - yer yuzasining tebranma harakat darajasini ko’rsatadi. Silkinish kuchini ballarda o’lchashda «seysmograf» lardan foydalanib, tog` jinsi zarrachalarining tebranma harakat tezligi topiladi, ya’ni yozib olingan «seysmogrammalar» orqali zarrachalarning tebranish ampilitudasi aniqlanadi va shu asosida seysmik to’lqin tezlanishini quyidagi formula orqali hisoblab chiqarish mumkin. Bunda, a-seysmik to’lqin tezlanishi, M/s kvadrat; A-tog jinsi zarrachasi tezlanish amplitudasi, mm; T-seysmik tebranish davri, s; Download 20.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling