Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning hozirgi zamon muammolari
O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari
Download 63.15 Kb.
|
TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISHNING HOZIRGI ZAMON MUAMMOLARI- курс иши
4. O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari.
Tabiatga ta’sirning kuchayishi aholi sonining keskin oshishi bilan ham bevosita bog‘langan. Ularning iste’mol tovarlarga bo‘lgan talablarining ko‘payishi fan va texnikaning taraqqiyoti tufayli tabiiy boyliklarning ko‘p miqdorda olinishi sayyoramizda global darajadagi ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Aholi soni inson paydo bo‘lgandan 1830 yilgacha 1 mlrd.ga etgan bo‘lsa, 1930 yilga qadar 2 mlrd.ga etgan bo‘lsa, 1960 yilga qadar 3 mlrd.ga etgan va XXI asr bo‘sag‘asida aholi soni 5,7 mlrd kishidan ortgan. SHu darajada ko‘payish davom etaversa, XXI asr o‘rtalarida sayyoramizda aholi soni 12-14 mlrd.ga etishi mumkin. Ekologik inqirozning oldini olish tabiiy resurslardan unumli foydalanish, atrof muhitni ifloslanishdan saqlash va demografik muammolarni hal qilish bilan bevosita bog‘liqdir. Fan-texnika taraqqiyoti urbanizatsiya jarayonining jadallashuviga olib keldi. Urbanizatsiya deganda shaharlar salmog‘inining ortishi, shahar turmush turmush tarzini keng yoyilishi tushuniladi. Hozirda er yuzi aholisining yarmidan ortig‘i shaharlarda yashamoqda. XX asrning oxirida sayyoramiz aholisini, deyarli yarmi shaharlarda yashadi, XXI asrda esa undan ham ko‘p aholi shaharlarda yashaydigan bo‘ladi. 65 yil davomida rivojlanayotgan mamlakatlar shaharlarining aholisi 10 marta oshdi. 1985-2000 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarning aholisi 750 mln.ga kupaydi. Aholi, sanoat va transport zich joylashgan shaharlar biosfera ifloslanishining asosiy manbalari hisoblanadi. Yirik shaharlarni harakatdagi vulqonlarga o‘xshatsa bo‘ladi. Ular har kuni atrof muhitga minglab tonna zararli birikmalar, iflos oqovalar, qattiq chiqindilar, issiqlik chiqarib turadi. SHaharlarda aholining kasallanish darajasi ham yuqori hisoblanadi. O‘zbekistonda aholining 40% shaharlarda yashaydi. Toshkent va boshqa yirik shaharlarda ancha murakkab ekologik vaziyat kuzatiladi. Urbanizatsiyaning salbiy oqibatlarining oldini olish shu kunning dolzarb ekologik muammosi hisoblanadi. Ba’zi mamlakatlarda odamlar juda ko‘payaborib, mavjud tabiat boyliklari, etishtirilgan oziq-ovqat, energiya, uy-joy, sog‘liqni saqlash sohasida olib borayotgan ishlarning darajasi ko‘payotgan odamlarning talabini qondira olmay qoldi. Asosiy masala o‘sayotgan odam sonining mavjud resurslarga to‘g‘ri kelishidadir. Bundan tashqari aholi ma’lumotini oshirib borish ham muhim ahamiyatga ega, chunki mavjud resurslarni o‘zlashtirish uchun bilimli odamlar kerak bo‘ladi. Har bir mamlakat aholisining soni shu mamlakatda mavjud tabiiy boyliklar miqdoriga va ishlab chiqarish vositalariga mos kelishi kerak. Muammoni hal qilish uchun har bir mamlakatda aholi sonini boshqarish borasida tadbirlar o‘tkazilishi kerak. Hukumat rahbarlari o‘z mamlakatlari aholisining uzoq yillarga mo‘ljallangan demografik siyosatini aniqlab, bunda ularni sotsial, madaniy, iqtisodiy ta’minlanishi, oila soni, ularni ma’lumot olish imkoniyatlarini e’tiborga olishlari kerak. Kishilar nafaqat texnik bilimlarni o‘zlashtirishlari, axloqiy jihatdan ham etuk bo‘lib shakllanishlari kerak. Ayniqsa, sivilizatsiyadan uzoqroq bo‘lgan, qabila bo‘lib yashovchi kishilar alohida e’tiborga muhtoj, chunki iqtisodiy rivojlanish kuchlari ularning azaldan yashab kelgan hayot tarzini o‘zgartiradi (o‘rmon, tabiat boyliklarini o‘zlashtirilishi). Hukumat rahbarlari ularni tan olib, oddiy aholi fikrlarini e’tiborga olishlari kerak, yangi ishlab chiqarish texnologiyalariga o‘rgatib, ularni jalb qilish lozim. Rivojlanayotgan mamlakatlarning shahar rahbarlari shahar xalqini toza suv, sanitariya, maktab, transport kabilarga bo‘lgan talabini qondirish uchun etarli mablag‘ga va xuquqga ega emaslar. Buning oqibatida shaharlarda odamlar o‘zlariga oddiy qulayliklarga ega bo‘lmagan uy-joy qurib olmoqdalar (shahar chetlarida). Bular har xil yuqumli kasalliklarni ko‘payish manbaiga aylanib, tashqi muhitni buzadi. Urbanizatsiya muammosini hal qilish uchun hukumat rahbarlari uzoq yillarga mo‘ljallangan aholi punktlarini rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishlari kerak. Qaysiki u kichikroq shaharlarni va unga yaqin qishloq xo‘jaligini rivojlantirish choralarini ko‘zda tutadi. Bu bilan katta shaharlardagi yuklama (nagruzka) kamayadi. Buning uchun soliq, narx qo‘yilishi, transport, sog‘liqni saqlash, sanoat sohasida qilinadigan ishlarni o‘zgartirishlari lozim. Atrof muhitni muhofaza qilishda tabiatdagi jarayon va hodisalarning uzviy bog‘liqligi, resurslardan foydalanishda mahalliy sharoitlarni hisobga olish, bir resurs yoki tabiat komponentini muhofaza qilish orqali boshqa komponentlarning ham muhofazasini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonida tabiatni muhofaza qilish kabi prinsip va qoidalarga amal qilish lozim. Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy, iqtisodiy, sog‘lomlashtirish, tarbiyaviy, estetik va boshqa turli maqsadlarni ajratish mumkin. Inson kundalik xayot ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatni o‘zgartiradi va undan foydalanadi. Tabiatdan foydalanish muhim siyosiy va sotsial-iqtisodiy muammo hisoblanadi. Tabiiy resurslardan foydalanish, muhitning ifloslanishi davlatlararo kelishmovchilik, hatto urush harakatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Tabiatdan foydalanish talablarining buzilishi katta iqtisodiy zarar etkazmoqda. Jamiyat hayotini yashash vositasi bo‘lgan turli tabiiy resurslarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tabiiy resurs deganda insonning hayoti, xo‘jalik faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha tabiiy jismlar, hodisalar, jarayonlar tushuniladi. Xilma-xil tabiiy resurslar jamiyat mavjudligining asosiy manbalari hisoblanadi. Tabiiy resurslar tasnifini bilish uchun ulardan oqilona foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Suv va havo sifat jihatdan tugaydigan resurs hisoblanadi. O‘simlik va hayvonlarni faqatgina ma’lum populyasiyasi saqlanib qolgan holdagina qayta tiklash mumkin. Er osti qazilmalarning tiklanmasligini hisobga olib, ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Download 63.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling