Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning hozirgi zamon muammolari


Energiya va yoqilg‘i resurslaridan tejamli foydalanish muammosi


Download 63.15 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi63.15 Kb.
#1545429
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISHNING HOZIRGI ZAMON MUAMMOLARI- курс иши

Energiya va yoqilg‘i resurslaridan tejamli foydalanish muammosi.
Darimizning eng muhim belgilaridan yana biri jahon iqtisodiyotining sur’atini belgilaydigan energiya iste’mol qilish ko‘lami mutassil kengayib borayotganligidir. Agar hozirgi sur’atda jahon iqtisodiyoti davom etadigan bo‘lsa, u vaqtda sanoat va qishloq xo‘jaligini enegriyaga bo‘lgan ehtiyoji uchun yaqin yillar ichida yiliga 20 mlrd. tonna yoqilg‘i talab qilinadi. Bu ko‘rsatkich 2025 yilda 35-40 mlrd, XXI asr oxiriga borib, 80-85 mlrd tonnani tashqil etishi taxmin etilmoqda.
Vujudga kelayotgan bu holatdan chiqib ketishning yo‘li esa bitta, u ham bo‘lsa, yoqilg‘ining organik moddalar (neft, ko‘mir, gaz va xokozo) dan olinadigan energiya salmog‘ini kamaytrib, noorganik yoqilg‘i manbaalar (GESlar, AESlar, shamol elektrostansiyalar, quyosh energiyasidan foydalanish, vodorod, geliy va xokozo)dan olinadigan energiya miqdorini mutassil oshirib borish. Quyosh energiyasi, GES va shamol elektrstansiyalar 2025 yilda bu ehtiyojning 60 % qondirishi mumkin.
YAqin kelajakda rivojlanayotgan mamlakatlarda elektr energiyasi ishlab chiqarishni tez sur’atlar bilan ko‘paytirib borish ko‘zda tutilmoqda. Butun jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining qariyb 34 % ana shu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Elektr energiyasining shu qadar tez sur’atlar bilan ishlab chiqarilayotganligi yon atrofdagi tabiiy va ijtimoiy muhitga ta’sir etmasdan iloji yo‘q. Masalan, gigant GESlarning qurilishi o‘z navbatida ana shu regionning, iqlim sharoitiga, yon atrofdagi shahar va qishloqlardagi xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlariga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin (masalan, ekin maydonlarining qisqarishi, mavjud maydonlarning sho‘rlanishi va ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin). Atom elektrostansiyalarning chiqindilarini bartaraf etishning ekologik xavfsizlik masalalari hozirgi davrning echilishi murakkab masalalariga aylandi. Ayniqsa, 1986 yil 26 aprel kuni CHernobl AES IV blokining ishdan chiqishi natijasida juda katta miqdordagi radiatsiyaning havoga tarqalishi mazkur regionning yashashga mutlaqo yaroqsiz bo‘lib qolishiga sababchi bo‘ldi.
Insoniyat oldida jahon iqtisodiyotini o‘stirish uchun enegiyaga bo‘lgan ehtiyojni qondirishdan o‘zga chora yo‘q. Biroq, bugungi kunda elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonida mavjud tabiiy muhitga ta’sir darajasini kamaytirgan holda elektr energiyasini ko‘proq ilab chiqarish masalasi ko‘ndalang bo‘lib turibdi. SHuning uchun ham bu muammoni ijtimoiy taraqqiyotning kelajagini belgilab beradigan eng muhim omillardan biri sifatida jahonshumul ahamiyatiga molik muammolar srasiga kiritilishini hayotnng o‘zi taqozo etadi.

Download 63.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling