Hom-ashyo resurslaridan foydalanish va ekologik muvozanatni saqlash muammosi. Jahon statistik axborot markazlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, XX asrning boshidan to hozirgi kungacha ishlab chiqarilgan ko‘mirning 45%, temir rudasi 57%, tabiiy gazning 80% keyingi 25 yilga to‘g‘ri kelar ekan. Ana shu holatni hom-ashyoning boshqa turlari to‘g‘risida gapirish mumkin. Taxlillarga qaraganda, 90-yillarda ishlab chiqarilgan hom-ashyo miqdori 60-70-yillardagiga qaraganda 1,5-2 barobar ko‘paydi.
Er yuzida vujudga kelgan bunday holat, bir tomondan, insoniyat hom-ashyo resurslari bilan ta’minlash imkoniyatlari, hosildor erlar va ichimlik suvi manbaalarining kamayib borishi, shuningdek boshqa hom-ashyo zahiralarining kamayib ketishi kabi boshqa bir qator muammolarni keltirib chiqardi.
Vujudga kelgan ekologik vaziyat, tabiiy muhitning inson organizimiga va uning ishlab chiqarish faoliyatiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Boshqa tamondan esa, fan-texnika taraqqiyotining ko‘lami asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini xom-ashyo resurslari, foydali qazilmalari bilan etarli miqdorda ta’minlan muammosi ham nazardan soqit qilmaslik kerak. Mazkur muammoni ijobiy hal qilish uchun, iqtisodchilarning taxlillariga ko‘ra, jahon mamlakatlarining har biri o‘zi ishlab chiqargan yalpi milliy mahsulotning 3-5% miqdorida mablag‘ ajratishi zarur. Demak, har yili o‘rta hisob bilan 650-850 mlrd dollar xajmida mablag‘ ajratilishi talab qilinadi.
Juda ko‘p rivojlangan mamlakatlarda ichimlik suvining tanqisligidan qiyinchiliklar yuzaga chiqmoqda. Ayni shu mamlakatlardan 42-45 km3 xajmda sanoatdan chiqgan okava suvlar suv xavzalari, ko‘l, dengiz, okean suvlarini o‘zining zaharli tarkibi bilan bo‘lg‘amoqda. XXI asr boshlariga kelib,toza ichimlik suvlariga bo‘lgan ehtiyoj dunyo miqyosida asrimizning 90-yillariga nisbatan yana 2,3-2,5 barobar oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |