Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning hozirgi zamon muammolari


Download 63.15 Kb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi63.15 Kb.
#1545429
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISHNING HOZIRGI ZAMON MUAMMOLARI- курс иши

TABIIY RESURSLAR TASNIFI

Tugaydigan resurslar


Tugamaydigan resurslar

Tiklanmaydigan resurslar

Tiklanadigan resurslar

Havo, suv resurslari, energiya (Quyosh energiyasi, yadro, geotermal, shamol, to‘lqin energiyalari)

Er osti qazilmalari (ko‘mir, neft, gaz, ruda va h.k.)

Tuproq, o‘simlik va hayvonlar, suv resurslari

Fan va texnika taraqqiyoti sharoitida tabiatdan va uning resurslaridan foydalanish, ularni muhofaza qilish quyidagi vazifalarni kompleks holda amalga oshirishni talab etadi: 1) tabiatni kishilarni yashash makoni, ruhiy va estetik ehtiyojini qondiruvchi shart-sharoit sifatida toza saqlash; 2) jonli va jonsiz tabiiy resurslarni ishlatishning ko‘lamini, miqdorini va xarakterini tartibga solish; 3) ishlab chiqarishda iste’mol qilinadigan xom ashyoning ko‘p qismini chiqindiga chiqarib, atrof tabiatini ifloslovchi, allaqachonlar o‘z asrini yashab bo‘lgan eski texnik va texnologik jarayonlarni kam chiqindi chiqaradigan zamonaviy texnologiya bilan almashtirishga erishish; 4) tabiiy resurslardan sanoat ishlab chiqarishining uzoq muddatli o‘sishini hamda kelajak avlodlarning har tomonlama rivojlanishini baravar hisobga olgan holda foydalanishga erishish.


Real va potensial miliy va xalqaro ahamiyatdagi resurslarni ajratsa bo‘ladi. Davlat o‘z hududidagi resurslarga egalik qiladi va ularni turli shaklda foydalanadi, muhofaza qiladi. Dunyo okeanlari resurslari, atmosfera havosi, antrkatida tabiiy resurslari, kosmik fazo, ko‘chib yuruvchi hayvonlar umumjahon resurslari hisoblanadi. Ulardan foydalanish va muhofaza qilish faqatgina xalqaro kelishuvlar yordamida, turli mamlakatlar ishtirokidagina muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.
Ko‘p yillar davomida xom ashyo bazasi bo‘lib kelgan O‘zbekistonda tabiiy muhit holati ancha ayanchli holga etib qolgan. Er osti boyliklarining isrofgarchilik bilan o‘zlashtirilishi natijasida katta maydondagi unumdor erlar yaroqsiz holga tushgan. Suv, havo, tuproq ifloslangan. Obikor erlarda eroziya, cho‘lga aylanish, sho‘r bosish jarayonlari tezlashgan. Yirik sanoat markazlari, katta shaharlarda murakkab ekologik vaziyat kuzatilmoqda. Orol dengizi, Orolbo‘yi muammolari yana ko‘plab ekologik jumboqlarni keltirib chiqarmoqda. O‘zbekistonda turli xastaliklarning ko‘payishi va atrof muhitning ifloslanishi o‘rtasida bevosita bog‘lanishlar kuzatilayapti.
O‘zbekistonda atrof muhitning ifloslanishi va uning oqibatlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Issiq iqlim sharoitida havo, suv, tuproq sifatining buzilishi insonlar sog‘ligiga ayniqsa kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda yirik shaharlar va sanoat markazlari tog‘ oldida, tog‘ oraliq botiqlarida joylashganligi tufayli atmosfera havosi va boshqa barcha komponentlarning ifloslanish darajasi nisbatan yuqori bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar va zaharli kimyoviy moddalar ko‘plab ishlatilishi atrof muhit ifloslanishining ortishiga olib kelgan. Inson ta’sirining kuchayishi natijasida O‘zbekistondagi o‘simlik va hayvon turlari kamayib, noyob tabiat go‘shalari buzilmoqda. Umumiy soni 22 mln.dan oshgan O‘zbekiston aholisi har yili o‘rta hsiobda 250-400 ming kishiga ko‘paymoqda. Bunday sharoitda aholini zarur yashash muhiti va barcha kerakli mahsulotlar bilan ta’minlash dolzarb va eng ustuvor masala bo‘lib qolmoqda.

Download 63.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling