Tabiiy suvlarda ifloslanish va o’z-o’zidan tozalanish jarayonlari. Reja
Download 21.42 Kb.
|
1 2
Bog'liqTabiiy suvlarda ifloslanish va o
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvning qattiqligi.
- Suvning oksidlanuvchanligi.
Suvning ishqoriyligi. Suv tarkibidagi anionlar ОH-, HCО3-, CО32-, PО43-, SiО32- ва kuchsiz organik kislotalarning ayrim tuzlarining umumiy konsentrasiyasi suvning umumiy ishqoriyligi (Iu) deyiladi va bir litrdagi millimol (mmol(l) larda ifodalanadi.
Chunki barcha ko'rsatilgan moddalar kislotalar bilan ta'sirlashadi, demak, suvning umumiy ishqoriyligi metil sarig'i indikatori bilan titrlashga sarflanadigan kislota miqdori bilan aniqlanadi. Ishqoriylikni ifodalaydigan anionlar turiga bog'liq holda gidrokarbonatli Igk (HCО3-), karbonatli Ik (CО32-), silikatli Is (SiО32-), gidratli Ig (ОH-), fosfatli If (Н2РО4-, НРО42-, РО43-) ишқорийликка бўлинади. Умумий ишқорийлик Iu Igk Ik Is Ig If bo'ladi. Tabiiy suvlarda, odatda, gidrokarbonat ionlari nisbatan ko'p miqdorda bo'ladi, shuning uchun bunday suvlar uchun Iu = Igk ifoda xarakterlidir. Suvning qattiqligi. Suvning qattiqligi – uning sifatini belgilaydigan ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Tabiiy suvlarning qattiqligi ulardagi kalsiy va magniy tuzlarining bo'lishi bilan bog'liqdir. U Са2Q va Mg2Q ionlarining bir litr suvdagi umumiy millimol miqdori bilan ifodalanadi. Qattiqlik uch turga bo'linadi: muvaqqat, doimiy va umumiy. Muvaqqat (karbonatli) qattiqlik Qм, asosan, suvda kalsiy va magniy gidrokarbonatlari Са(НСО3)2 va Mg(HCО3)2 larning bo'lishligi bilan ifodalanadi, ular suv qaynatilganda erimaydigan tuzlarga aylanadi va qattiq cho'kma (quyqum) tarzida cho'kadi: Са(НСО3)2 СаСО3 СО2 Н2О Мg(НСО3)2 МgСО3 СО2 Н2О Doimiy (karbonatsiz) qattiqlik Qd suvdagi kalsiy va magniy xloridlari, sulfatlari, nitratlari miqdori bilan aniqlanadi, ular suv qaynatilganda ham eritmada erigan holatda qoladi. Suvning muvaqqat va doimiy qattiqliklarining yig'indisi umumiy qattiqlik deyiladi. Tabiiy suvlar umumiy qattiqligi bo'yicha: yumshoq (Qu 2); o'rtacha qattiq (Qu 210) va qattiq (Qu 10) suvlarga bo'linadi. Suvning oksidlanuvchanligi. Suvning oksidlanuvchanligi – suvdagi moddalar, asosan, organik maddalar va oz miqdordagi temir birikmalari, vodorod sulfid, nitritlarni oksidlash uchun talab etiladigan kislorod massasi (mg(l hisobida) bilan aniqlanadi. Uning kattaligi suvdagi organik qo'shimchalar konsentrasiyasini qiyosiy tavsiflash uchun ishlatiladi. Artezan suvlarining oksidlanuvchanligi odatda 1-3 mg(l O2 ni, toza ko'l suvlariniki – 5-8, botqoqlik suvlariniki esa – 400 mg(l O2 ni tashkil etadi. Daryo suvlarining oksidlanuvchanligi katta chegarada o'zgaradi, 60 mg(l va undan katta miqdorni tashkil qiladi. Download 21.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling