Tabiiy tusdagi favqulotda vaziyatlarda fuqarolarga tibbiy yordamni tashkil etish


Birinchi tibbiy yordamga quyidagilar kiradi


Download 0.89 Mb.
bet4/4
Sana07.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1438329
1   2   3   4
Bog'liq
Tabiiy tusdagi favqulotda vaziyatlarda fuqarolarga tibbiy yordamni tashkil

Birinchi tibbiy yordamga quyidagilar kiradi:

  • Yara va kuygan yuzaga aseptik bog‘lam qo‘yish.
  • Qo‘lbola va tabelli (maxsus) moslamalar yordamida qon ketishini vaqtincha to‘xtatish.
  • Qo‘lbola va tabelli (maxsus) shinalar yordamida suyak sinishlari va yumshoq to‘qimalar ezilishlarida immobilizatsiya qilish.
  • Oddiy shokka qarshi choralarni o‘tkazish, qaltirash yo‘qolguncha tanani bir tekis isitish, morfin, kordiamin, kofein va boshqa dorilarni yuborish.
  • Yurak-o‘pka reanimatsiyasi.
  • Qisman dezaktivatsiya, qisman sanitariya ishlovi.

Birlamchi tibbiy yordam qutkaruvchilarga talablar

  • Qutqaruvchilar attestatsiyadan o‘tishi va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamma vaqt tayyor bo‘lishlari kerak. Qutqaruvchilar jarohatlanganlarni faollik bilan izlashi, ularni qutqarish choralarini ko‘rishi, ularga birinchi tibbiy va boshqa yordamlarni ko‘rsatishlari shart. Qutqaruvchilarning eng asosiy maqsadi favqulodda holat yuz berganda jarohatlanganlar hayotini saqlab qolishdir. Bu masala favqulodda holat asoratlarini bartaraf etuvchi barcha qatnashchilar ishtirokida hal qilinadi. Barcha xizmatlar va tashkilotlar ishlari to‘g‘ri, aniq tashkil etilishi va bir-biriga muvofiq bo‘lishi kerak.
  • Birinchi tibbiy yordam jarohatlanganlarni qulagan va yonayotgan bino ichidan, uyumlar ostidan, suv ichidan olib chiqilganda zudlik bilan birinchi 30 daqiqa ichida ko‘rsatilishi shart.

Favqulodda hodisalar (FH) asoratlarini bartaraf etish bo‘yicha butun jahon amaliyoti ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lishicha, avariya yoki halokatdan so‘ng 1 soat ichida og‘ir jarohatlanganlarning 40%, 3 soatdan so‘ng 60%, 6 soatdan so‘ng esa 95%i halok bo‘ladi. Agar zilziladan so‘ng qutqaruvchilar birinchi 3 soat faol ishlashsa, buzilgan bino ichida qolganlarning 90%ini, 6 soatdan so‘ng esa fakat 50%ini qutqarishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan tirik qolganlar soni kamayib boradi, 10 kundan keyin esa hech kimni qutqarishga hojat qolmaydi.

  • Favqulodda hodisalar (FH) asoratlarini bartaraf etish bo‘yicha butun jahon amaliyoti ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lishicha, avariya yoki halokatdan so‘ng 1 soat ichida og‘ir jarohatlanganlarning 40%, 3 soatdan so‘ng 60%, 6 soatdan so‘ng esa 95%i halok bo‘ladi. Agar zilziladan so‘ng qutqaruvchilar birinchi 3 soat faol ishlashsa, buzilgan bino ichida qolganlarning 90%ini, 6 soatdan so‘ng esa fakat 50%ini qutqarishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan tirik qolganlar soni kamayib boradi, 10 kundan keyin esa hech kimni qutqarishga hojat qolmaydi.
  • Birinchi tibbiy yordam qutqaruv ishlari davomida uzluksiz ko‘rsatiladi, halokat ro‘y bergan rayon territoriyasida ishlar kechayu kunduz harbiy qism qutqaruvchilari, fuqarolar mudofasi xizmatchilari tomonidan olib boriladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling