O‘rta Osiyo tuproqlari. Tuproq zonalari. Dasht, chalacho‘l, cho‘l, adir,
tog‘, yaylov tuproqlari. Ularning xususiyatlari, turlari. Tuproqlardan
foydalanish. Tuproq meliorativ holatini yaxshilash.
O‘z joyining tuproqlari va
ulardan foydalanish holati.
VII bob.
O‘RTA OSIYONING TABIAT ZONALARI VA TABIIY
GEOGRAFIK RAYONLASHTIRILISHI
(9 soat)
O‘rta Osiyo tekisliklaridagi tabiat zonalari. O‘rta Osiyoda tekislik
tabiat komplekslarining geografik kenglikka qarab
o‘zgarishi. O‘rta Osiyo
tekislik qismining tabiat zonalari: dasht, chala
cho‘l, cho‘l – Qozog‘iston va
Turon
cho‘llari.
O‘rta Osiyo tog‘lari tabiati. O‘rta Osiyo tog‘laridagi balandlik
mintaqalari.
Tabiiy geografik rayonlashtirish haqida tushuncha. Tabiiy
geografik rayonlashtirishning ahamiyati, prinsiplari, tasnifiy birliklari. Turon,
Markaziy
Qozog‘iston va Jung‘oriya-Tyanshan provinsiyalari, ularning
chegaralari va landshaft jihatidan farqlanishi.
Nazorat ishi.
Turon tabiiy geografik provinsiyasi. Turon provinsiyasi tabiatiga
qisqacha tavsif.
Tog‘oldi-tog‘ kichik provinsiyasi va tekislik kichik
provinsiyasi. Tabiiy geografik okruglar.
Markaziy
Qozog‘iston, Jung‘oriya-Tyanshan tabiiy geografik
provinsiyalari. Provinsiyalar tabiatiga qisqacha tavsif.
Jung‘oriya-
Tyanshan tabiiy geografik provinsiya
tog‘oldi-tog‘ va tekislik kichik
provinsiyalariga
bo‘linishi. Tabiiy geografik okruglar.
Amaliy
mashg‘ulot. O‘quvchilarni mantiqiy fikrlashini va amaliy
ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan topshiriqlarni bajarish: O‘rta
Osiyoning tuproqlari va tabiiy geografik rayonlashtirilishiga doir xarita,
jadval va diagrammalar bilan ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |