II bob. GEOGRAFIK XARITALAR. VAQT HISOBI
(7 soat)
Xarita andozalari (proeksiyalar) haqida tushuncha. Xaritalardagi
xatoliklar va kartografik andozalar (proeksiyalar) haqida umumiy
tushuncha. Azimutal, konusli, silindrli, turli andozalardagi xatoliklar.
Geografik xaritalar va ularning shartli belgilari. Geografik xaritalar,
aero va kosmik fotosuratlar, joy plani, ular orasidagi farqlar. Geografik
xaritalarning masshtabi va mazmuniga ko’ra tasniflanishi. Kartografik
tasvirlash usullari.
Topografik xaritalar. Topografik xaritalar haqida tushuncha, ularning
geografik xaritalardan farqi. Topografik xaritalarning shartli belgilari.
Topografik xaritalarda relyefni tasvirlash usullari, gorizontallarni
o‘qish, ular
yordamida relyef shakllari va elementlarini aniqlash. Topografik
xaritalarning ahamiyati.
Amaliy
mashg‘ulot. O‘quvchilarni mantiqiy fikrlashini va amaliy
ko‘nikmalarini
shakllantirishga
qaratilgan
topshiriqlarni
bajarish:
xaritalardagi masofalarning haqiqiy,
ya’ni joydagi qiymatlarini masshtab
yordamida aniqlash. Joydagi masofalarning nisbatini hisoblab, xarita
masshtabini aniqlash. Gorizontallar bilan ishlash.
Nazorat ishi.
Vaqt
o‘lchovi, soat mintaqalari. Taqvimlar. Mahalliy vaqt.
Dunyoning soat mintaqalariga
bo‘linishi. Mintaqa vaqti va uning farqlanishi.
Taqvim tushunchasi. Grigoriy taqvimi. Hijriy taqvim.
Amaliy
mashg‘ulot. O‘quvchilarni mantiqiy fikrlashini va amaliy
ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan topshiriqlar bilan ishlash: soat
mintaqalariga oid topshiriqlarni bajarish.
III bob.
O‘RTA OSIYONING GEOLOGIK TUZILISHI, FOYDALI
QAZILMALARI VA RELYEFI
(5 soat)
Geologik vaqt hisobi. Geologik vaqt hisobi. Geologik sana.
Tog‘
jinslarining nisbiy yoshi,
tog‘ jinslarining mutlaq yoshi. Geoxronologik jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |