Tabiiy yuqori molekulyar birikmalar va ularning ayrim xossalari


Karboksimetilsellyuloza eritmalarining xossalari


Download 0.82 Mb.
bet6/7
Sana10.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1256569
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kimyo

3.2. Karboksimetilsellyuloza eritmalarining xossalari
Karboksimetilsellyuloza preparatlarining eruvchanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, past qaynovchi KMS muzlatilgandan keyin deyarli to‘liq eriydi. Shunday qilib, juda kam bo‘lgan o‘zgarishlar va past haroratning bu sellyuloza hosilalariga ta’siri to‘liq tasdiqlangan. Quyi almashingan karboksimetilsellyulozalar preparatlarining eruvchanligi ishqoriy muhitda oksidlovcxilik destruksiyasi yo‘li orqali polimerlanish darajasining pasayishi hisobidan ham ortishi mumkin. Bunday hollarda 4 soat davomida 313 K temperaturada olib borilgan reaksiya so‘ngida 2,6-2,8 karra massasi siqiladi, maydalanadi va ishqoriy oksidlovchi destruksiyaga kiritiladi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin KMS suv bilan yuviladi.
Karboksimetilsellyulozaning qovushqoqligi yuqori bo‘lgan eritmasini olish maqsadida ushbu eritmalardan plyonkalar tayyorlandi va uning xossalari o‘rganildi. Quyidagi jadvalda tayyorlangan plyonkalarning mexanik barqarorligi keltirilgan. Tayyorlangan plyonkalar yaxshi mexanik barqarorlikni namoyon qildi va kam elastiklikga egaligini bildirdi.

4-jadval
Karboksimetilsellyuloza plyonkasining mexanik barqarorligi



Namuna nomeri

Almashinish. darajasi γ

Eritma kons., %

Uzil. Bo‘lgan bardosh σ . 10-7 ,
N/m2

Uzil. chuzil. %

1

5,0

2,0

9,0

5,3

2

10,4

2,0

9,3

6,0

3

9,8

2,0

7,9

5,0

4

9;8

4,0

11,8

6,0

5

9,2

2,0

8,3

5,0

6

9,2

4,0

11,3

-



Quyidagi jadvalda karboksimetilsellyulozaning gigroskopik xossasi va suvni yutish xususiyatlari keltirilgan. Gigroskopik xossasini aniqlashda karboksimetilsellyuloza plyonkasi 80% li namlikdagi atmosfera muhitida aniqlandi. Suvni yutish xossasi 2 sutka davomida 293 K haroratda plyonkani distillangan suvga solingan holatda olib borildi va tegishli natijalar olindi.
5-Jadval
Karboksimetilsellyulozadan tayyorlangan
plyonkaning gigroskopik va suv yutish xossasi

Namuna

Almashinish. darajasi γ

Gigroskopik xoss.,
%

Suvni yutish xossasi, %

1

23,5

23,3

3290

2

5,0

20,4

259

3

10,4

22,4

544

4

9,8

22,1

388

5

9,2

21,5

321

Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, karboksimetilsellyulozadan tayyorlangan plyonkaning gigroskopik va suvni yutish xossasi mahsulot darajasining almashinishi bilan tezda ortadi. Plyonkaning sorbsiyasiga asosan uning almashinish darajasi sezilarli ta’sir qiladi.


3.3. Karboksimetilsellyulozaning qo‘llanilishi
100 % Н- va Na-KMS lardan tashkil topgan plyonkalar faqat rN=11 muhitidan boshlabgina eriydi. Bunday muhitda eriydigan plyonkalar farmatsevtika preparatlari uchun qobiq sifatida qo‘llanilishi mumkin. Bunday plyonkalar kuchsiz kislotali muhitda umuman erimasligi kerak, masalan oshqozon shirasi ta’sirida, biroq kuchsiz ishqoriy sharoitda yaxshi eruvchanlikni namoyon qilishi lozim
Karboksimetilsellyulozaning natriyli tuzining almashinish darajasi 0.5 dan 1 −1.2 bo‘lgan hosilalari katta miqdorda sanoatda ishlab chiqarilmoqda. Bu birikmalar neft, tekstl, oziq-ovqat sanoatlarida, farmatsevtika texnologiyasida, detergenatlar ishlab chiqarishda va boshqa maqsadlarda o‘zining keng doirada ishlatilish sohalarini topib ulgurgan.
Karboksimetilsellyuloza (KMS, sellyulozoglikol kislota) yoki tiloza, valotsel, blanoz,shuningdek, efidas nomi bilan ataluvchi birikma umuman olganda sellyulozaning monoxlorsirka kislotasi bilan ta’sirlashuv reaksiyasi mahsuloti bo‘lib hisoblanadi va u quyidagi formulaga ega:
[C6H7O2(OH)3-x(OCH2COOH)x]n.
Birinchi marta sintezlash va patentlar ishlarini nemis kimyogari Yansen 1918 yilda amalga oshirgan.
Birikma o‘z xossasiga ko‘ra amorf holdagi rangsiz moddadan iborat bo‘lib, kuchsiz kislotali xossaga ega. KMS quyidagi tavsifga ega:
- suvda yaxshi eriydi, barcha suvli eritmalarni quyuqlashtiradi;
- uzoq turib qolinganda ham uning qovushqoqligi o‘zgarmaydi;
- suvni o‘zida saqlaydi;
- stabilizatorlik va bog‘lovchi xossasini namoyon etadi;
- oqsil tuzilishli biopolimerlar bilan sinergizm effektini namoyon etadi;
- mustahkam va shaffof plyonka hosil qiladi;
- organik erituvchilarda, yog‘ va moylarda erimaydi;
-hid va ta’mga ega emas, fiziologik jihatdan bezarar..
Odatda karboksimetilsellyuloza nazarda tutilganda uning natriyli tuzi tushuniladi (Na-KMS ), Ushbu tuz qattik modda bo‘libuning massasi 400-800 kg/м3. Tuzning zichligi 1,59 г/sm3, yumshash harorati 170оC. KMS ning natriyli tuzi suvda eriydi, shuningdek ishqorning ammiak va natriy xloridlarning suvli eritmalaridaeriydi. Organik erituvchilarda va mineral moylarda erimaydi.
KMS ning natriyli tuzi suvli eritmasidan shaffof plyonkalar tayyorlanadi, ularni bi- va polifunksionalli birikmalar bilan qayta ishlansa plyonka erimaydigan holatga o‘tadi.
Texnik Na-KMS ning asosiy ishlatilish sohasi neft va gazburg‘ulash sanoatiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda ushbu modda loyqa suspenziyasi stabilizatori sifatida va burg‘ulash eritmalarining suv asosidagi filtratsion va realogik xossalarini boshqarishda qo‘llaniladi.
Tog‘-ximiyasi korxonalarida mahsulot mis-nikelli va silvinit rudalarini boyitishda qo‘llaniladi.
Katta miqdorda tekstil sanoatida pechatlovchi pastalarning quyultirucxilari, kraxmalning o‘rnini bosuvchi sifatida va emulgator sifatida keng doirada foydalaniladi.
Qog‘oz sanoatida turli xil kleylar sifatida ishlatiladi.
KMS ning tozalangan markasi oziq-ovqat sanoatida emulgator va stabilizator sifatida qo‘llaniladi. Shu bilan birga KMS mahsulotlari ishlab chiqarishning turli sohalarida keng doirada qo‘llanilishi hammaga ma’lum.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling