Tabiiyot-geografiya fakulteti


Biologiya o`qitishda interfaol darslarni tashkillash


Download 0.59 Mb.
bet11/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#185048
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
Bog'liq
BIOLOGIYA FANINI O`QITISHDA INTERFAOL USLUBLARDAN FOYDALANISH

2.2. Biologiya o`qitishda interfaol darslarni tashkillash.
Interfaol ta`lim usullari O`zbekistonda qadim zamonlardan beri ta`lim-tarbiya jarayonida o`qituvchi bilan o`quvchilar, o`quvchilar bilan o`quvchilar o`rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mubohasa, mushohada, tahlil, mashvart, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo`llab kelingan.

Bu usullar o`quvchilarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn iste`dod, zakovatlarini o`stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo`lib etishlariga xizmat qilgan.

«Interfaol» tushunchasi inglizcha «interact» so`zidan olingan.( «inter» – «birgalikda», «act» – «harakat qilish»). Interfaol o`qitish – bu kognitiv faoliyatni tashkil etishning maxsus turidir. Unda to`liq, aniq va rejalashtirilayotgan maqsadlar bo`ladi. Ushbu maqsadlardan biri – o`qitish jarayonida shunday yuqori darajadagi sharoit yaratish kerakki, unda tinglovchi o`qitish jarayonini produktiv jarayonga aylantiruvchi o`zining muvaffaqiyati, intellektual darajasini anglab etishi lozim.

Interfaol ta`lim usuli – har bir o`qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o`z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o`quvchi o`z motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o`zlashtiradi.

Interfaol ta`lim texnologiyasi – har bir o`qituvchi barcha o`quvchi lar ko`zda tutilgandek o`zlashtiradigan mashg`ulot olib borishni ta`minlaydi. Bunda har bir tinglovchi o`quvchi o`z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg`ulotni oldindan ko`zda tutilgan darajada o`zlashtiradi.


  • Davra suhbati

  • Ishchanlik o`yinlari

  • Kichik guruhlarda ishlash

  • Kichik ma`ruza

  • Munozara

  • O`quv munozarasi

  • Aqliy hujum

  • Debatlar

  • Kichik guruhlarda ishlash

  • Rolli o`yinlar

  • Case-study (konkret, amaliy vaziyatlar tahlili)

Yuqorida aytilganlarga muvofiq xulosa sifatida pedagogik texnologiyani amalda qo`llashning quyidagi asosiy xususiyatlarini ko`rsatib o`tish mumkin.

1. O`quvchi o`qitilmaydi, u mustaqil o`qishga o`rgatiladi. Buning uchun o`quvchini mustaqil ravishda o`quv materialini tahlil qilib o`zlashtirish, fikrlash, ijodiy mulohaza yuritib, shaxsiy xulosalarga kelishga o`rgatib boriladi.

2. O`quvchiga bilimlar tayyor holda berilmaydi, u bilimlarni manbalardan mustaqil ravishda ola bilishga o`rgatiladi. Bunda o`quvchining, avvolo, darslik bilan, so`ngra qo`shimcha adabiyotlar, internet tizimi, spravochniklar va shu kabilardan mustaqil foydalanishga o`rgatish orqali o`qituvchi darsda o`rgatganlarini mustahkamlash va kengaytirib borishga o`rgatiladi.

3. Barcha o`quvchilarning o`z qobiliyatlariga yarasha bilimlarni o`zlashtirishlari kafolatlanadi. Bunda o`quvchining o`zlashtirishi uning o`rgangan bilimlaridan hayotda amaliy faoliyatda, foydalana olish ko`nikma va malakalari darajasi bilan belgilanadi.

4. Barcha o`qituvchilar pedtexnologiya mexanizmini o`rgangandagina, bir xil natija olishga erishadilar. Pedagogik texnologiya mexanizmini amalga oshirish va samarali qo`llash uchun zarur bilim, ko`nikma, malakalarni egallash, qulay sharoitlarni yaratish, zamonaviy o`quv vositalari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar bilan ta`minlash hamda o`quvchilarning darsda faol ishtirok etishlari uchun zarur barcha tayyorgarliklarni amalga oshirish, darsda ularning hamma imkoniyatlarini hisobga olgan holda, maqsadga muvofiq texnologiyalarni to`g`ri tanlash va qo`llashni nazarda tutadi.

Zamonaviy pedagogik texnologiya o`quv maqsadini aniqlash va ta`lim jarayonini loyihalashda quyidagilarni ko`zda tutadi:



  • O`quvchining faolligini oshirish, uni hamkorlikka chorlash;

  • O`quv rejasida ko`zda tutilgan o`quv fanlari bo`yicha dasturlar, darsliklar, o`quv qo`llanmalari, ma`ruza matnlari bilan ishlash ko`nikmalarini hosil qilish;

  • O`quv materiallarini mustaqil mutolaa qilish ko`nikma va malakalarini shakllantirish;

  • O`quvchini o`z fikrini bayon qila olish, himoyalash, isbotlay olishga odatlantirish.

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ASOSIY JARAYONI:

  • Tashkil etish

  • Hamkorlikda ish olib borish

  • Takomillashtirish

  • Tahlil qilish

  • Qiyoslash

  • Umumlashtirish

  • Xulosa chiqarish

  • Boshqarish nazorat etish

  • Baholash kabilarni o`z ichiga oladi.

Interfaol metodlarni qo`llashga yondashgan o`qitish jarayoni guruhdagi barcha o`quvchilarning anglash va fikrlash jarayonda ishtirok etishini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Hamkorlikdagi faoliyatda ishtirokchilarning barchasi ish jarayoniga o`zining shaxsiy ulushini qo`shadi, ish jarayonida bilimlar, g`oyalar, faoliyat metodlari bilan almashinish ro`y beradi. Individual, juftlikdagi va guruhdagi ish tashkil etiladi, loyiha ishi, rolli o`yin qo`llaniladi, turli ma`lumot manbai va hujjatlar bilan ishlanadi.

Interfaol usuldagi mashqlar o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi ta`lim mazmunini o`zlashtirish munosabatlarini kuchaytiribgina qolmasdan ikki taraflama faollashish demakdir. Zamonaviy didaktika o`qitish talablari, amaliy faoliyatdagi yangicha yondashuvlar ta`lim berish texnologiyasi bilan boyib boradi. Trener (o`qituvchi) o`zidan o`quv ma`lumotini o`tkazuvchi o`ziga xos filtr rolini bajaradi va ish jarayonida yordamchi funksiyasini bajaradi. Shuning uchun interfaol o`qitish avvalambor katta yoshdagi o`quvchilarni intensiv o`qitish jarayonida qo`llash uchun mo`ljallangan. Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol o`qitish metodlarini qo`llab mashg`ulot o`tilganda, materialni o`zlashtirish darajasi yuqori bo`ladi, ishtirokchilar o`rtasida do`stona muhit yaratiladi.

Ta`lim jarayonida har qanday interfaol usul to`g`ri va maqsadli qo`llanilganda o`rganuvchilarni yoki o`quvchini mustaqil fikrlashga o`rgatadi kan ta`lim olishga nisbatan ochiqlik, o`z faoliyatini muntazam tahlil qila olish, shaxsiy salohiyatni rivojlantirish; turli vaziyatlarga tushganda oqilona maqsad qo`ya olish, shaxsning ichki imkoniyatini to`g`ri yo`naltira olish, imkoniyatlar ustida ishlash orqali natijaga kelish kabi o`nlab shaxs xususiyatlarini samarali boshqarish ko`nikmalarining bilim berishning interfaol usullari orqali amalga oshiradi. Usul o`qituvchining individual pedagogik mahorati bo`lib, turli ta`lim metodlari orqali sayqallanadi. Mashq o`quvchining dars jarayonidagi amaliy ko`nikmalarini shakllantiruvchi faoliyat turi. Bu faoliyat o`quvchini nazariy ma`lumotni tub mazmun mohiyatini o`zlashtirish, o`zidan o`tkazish, qaror qabul qilish, tanqidiy va ijodiy fikrlash hissiyotlarni boshqara olish kabi madaniyatni rivojlantiradi. Interfaol mashqlar o`qituvchi–o`quvchi, o`quvchi-o`quvchi hamkorligiga asoslangan bo`ladi. Bunda o`quvchi bilim olishga o`z xohish, istak va qiziqishlari orqali jalb qilinadi, yangi bilimlarni maqsadli o`zlashtirish yo`llarini o`rganadi. Amalda sinovdan o`tkazadi. O`quv materialini puxta bilib olishning oson yo`lidan boradi.

Respublikamizning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da «O`qitishning modul tizimi, yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni qo`llash» orqali o`qitishning yangi, samarali yo`llari, vositalarini ishlab chiqishni tezlatish va amaliyotga tadbiq etishdek ulkan vazifalar qo`yilgan. Biologiyani o`qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar deyilganda darsning muayyan bir qismida uy vazifasini so`rash, yangi o`rganilgan mavzuni mustahkamlash bosqichida foydalaniladigan texnologiyalar tushuniladi.



Ular jumlasiga “Keys”, “Insert”, “Klaster”, Venn diagrammasi, “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Atamalar zanjiri”, “Atamalar varag`i”, tezkor o`yinlar va o`yin mashqlarning turli shakllari va x.k. kiradi.

Dastur mazmunidagi faqat faktik materiallarni o`rganish nazarda tutilgan mavzularda insertdan foydalanish tavsiya etiladi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling