Tabiiyot va geografiya taʼlimida kompetensiyalar


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi


Download 139.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana31.01.2024
Hajmi139.43 Kb.
#1831449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
12-ma\'ruza (1)

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2 
dolzarb global, regional va mahalliy muammolarni tahlil qila olish, ularning yechimiga oid 
ijodiy takliflarni bera olish, zamon va jamiyat talabidagi iqtisodiy, siyosiy va ekologik faollikka 
intilish, tabiat va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun shaxsiy mas’uliyatni his qila olish.
A2+
dolzarb global, regional va mahalliy muammolarda o‘z fikri bilan qatnashish. 
 
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2 
Vatani, oilasi, mahallasining tarixini bilish, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy 
va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish.
A2+
Vatani, oilasi, mahallasining tarixini bilish va bugungi kun bilan taqqoslay olish; tarixiy, 
ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga 
rioya qilish. 
 
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda 
foydalanish kompetensiyasi: 


A2 
statistik ko‘rsatkichlar asosida jadval, diagramma va grafiklarni tuza olish, kompyuter 
texnologiyalari, geografik axborot tizimlari haqidagi tasavvurga ega bo‘lish va ayta olish.
A2+ 
fan-texnika yutuqlari muhimligini tushunib yetish va tahlil qila olish, aniq hisob-kitoblarga 
asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza olish. 
Tabiiyot va geografiya fanini mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid 
umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. 
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va 
tushuntirish kompetensiyasi. 
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi. 

Download 139.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling