Tabiiyot va geografiya taʼlimida kompetensiyalar
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Download 139.43 Kb. Pdf ko'rish
|
12-ma\'ruza (1)
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A2 turli geografik adabiyotlardan, xarita va atlaslardan samarali foydalanib, ular asosida axborotlarni tayyorlaydi, Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topib, ularni tahlil qiladi, kundalik ma’lumotlardan, jumladan, jahon va mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarning mohiyatini anglay oladi. A2+ Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar asosida jahon va mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarni topib ko‘rsata oladi. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A2 ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda, geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay oladi, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ekologik dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib boradi. A2+ maktabda, mahallada siyosiy, madaniy, ekologiya mavzulari bo‘ladigan tadbirlarda ishtirok etib o‘z fikrini ayta oladi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 dolzarb global, regional va mahalliy muammolarni tahlil qila oladi, ularning yechimiga oid ijodiy takliflarni bera oladi, zamon va jamiyat talabidagi iqtisodiy, siyosiy va ekologik faollikka intiladi, tabiat va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun shaxsiy mas’uliyatni his qila oladi. A2+ dolzarb global, regional va mahalliy muammolarda o‘z fikri bilan qatnasha oladi. Milliy va umummadaniy kompetensiya: A2 Vatani, oilasi, mahallasining tarixini biladi, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘ladi. A2+ Vatani, oilasi, mahallasining tarixini biladi va bugungi kun bilan taqqoslay oladi; tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qiladi. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A2 statistik ko‘rsatkichlar asosida jadval, diagramma va grafiklarni tuza oladi, kompyuter texnologiyalari, geografik axborot tizimlari haqidagi tasavvurga ega bo‘ladi va ayta oladi. A2+ fan-texnika yutuqlarini muhimligini tushunib yetadi va tahlil qila oladi, aniq hisob- kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza oladi. Download 139.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling