Tabiiyot va geografiya taʼlimida kompetensiyalar
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi
Download 139.43 Kb. Pdf ko'rish
|
12-ma\'ruza (1)
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A2 O‘rta Osiyo va O‘zbekiston hududida ro‘y berayotgan ekologik-geografik jarayonlar, ularning aholi va xo‘jalikka ko‘rsatadigan ta’sirini kuzatadi va tushuntira oladi. O‘zbekiston tabiiy geografik okruglarining dolzarb ekologik muammolari, alohida muhofaza etiladigan hududlari haqida, Orol va Orolbo‘yi ekologik muammosining mazmun-mohiyatini tushunadi. A2+ o‘zi yashaydigan joy tabiatini muhofaza qilish haqida anglab yetadi va tabiatni muhofaza qilish va ekologiya mavzulariga doir tadbirlarida ishtirok eta oladi. 8-sinf o‘quvchilarida shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar: Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi: A2 iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani tabiiy geografiya fani bilan bog‘liqligini tushunadi va tushuntira oladi. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-geografik o‘rnini tahlil qiladi va baholay oladi; O‘zbekiston ma’muriy-hududiy tuzilishini, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarining salohiyatini va xilma-xilligini, xo‘jalikka ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Aholi tabiiy va migratsion harakati, aholi zichligi, harakati va tarkibini topishga oid masalalarni yecha oladi. Aholi manzilgohlari turlarini ajrata oladi; urbanizatsiya jarayoni unga oid masalalarni yechadi. Milliy iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarini ajrata oladi. O‘zbekistondagi yetakchi sanoat korxonalari, ularning mahsulotlari, iqtisodiy ahamiyati va joylanish omillarini tushunadi va tushuntira oladi. Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotdagi muhim o‘zgarishlarini ijtimoiy, iqtisodiy va hududiy ahamiyatini anglaydi va izohlay oladi. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va uning asosiy mahsulotlarini aytib bera oladi. A2+ mustaqillik yillarida mamlakatimizda barpo etilgan qo‘shma korxonalar va ularda tayyorlanayotgan mahsulotlar haqida ma’lumotlar to‘play oladi. Download 139.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling