A2+
xarita va atlaslardan foydalanib, materiklar, davlatlarga tavsif bera oladi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A2
Materiklarda tabiatni muhofaza qilish uchun tashkil etilgan milliy bog‘lar va
qo‘riqxonalarni, qutbiy muzliklarning geografik qobiqdagi ahamiyati va ularni saqlash borasida
o‘tkazilayotgan tadbirlarni, materiklar ichki suvlarining ifloslanishi, o‘simlik va hayvonot
dunyosining, tabiat zonalarining o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omillarni anglay oladi.
A2+
maktabda, mahallasida tabiatni asrash va ekologiyaga doir o‘tkaziladigan tadbirlarda
ishtirok etadi.
7-sinf o‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A2
mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, o‘zining mustaqil fikrini og‘zaki va
yozma tarzda ifoda eta olish, guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish, loyihalarni tuzish va himoya
qila olish.
A2+
mavzuga doir geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda aytilishi va
yozilishini bilish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :
A2
geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni
tayyorlay olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega
bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish.
A2+
Internet-saytlardan ob-havo bashorati, mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarni
topa olish va ularni tahlil qila bilish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
muntazam ravishda o‘z bilimini oshirishda geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay
olish.
A2+
atrofidagi tabiat manzaralari va madaniy landshaftlarni estetik his etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |