Tabiiyot va geografiya taʼlimida kompetensiyalar


A2+  o‘z o‘lkasi noyob tabiat obyektlarini muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan oqilona  foydalanish tadbirlarida o‘z fikrini bayon eta oladi


Download 139.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/21
Sana31.01.2024
Hajmi139.43 Kb.
#1831449
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
12-ma\'ruza (1)

A2+ 
o‘z o‘lkasi noyob tabiat obyektlarini muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan oqilona 
foydalanish tadbirlarida o‘z fikrini bayon eta oladi. 
 
6-sinf o‘quvchilarida shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar: 
 
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va 
tushuntirish kompetensiyasi: 
A2 
o‘rganilgan materik va okeanlarning geografik o‘rni va tabiiy sharoiti (Antarktida va 
Antarktika orasidagi farqi) haqidagi ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. Qutbiy iqlim va 
qoplama muzliklarning vujudga kelish sabablarini, qutbiy muz sahrolarining xususiyatlarini 
tushunadi va izohlay oladi. Daryolarning to‘yinishi iqlim bilan bog‘liqligini, materiklar ichki 
suvlarining havzalar bo‘yicha taqsimlanishini, tabiat zonalarining vujudga kelishini, o‘simlik va 
hayvonlar, tuproq turlarining geografik tarqalishini, qor chizig‘ining tabiiy geografik omillariga 
bog‘liqligini, aholining geografik joylashuvini, tabiiy geografik o‘lkalarning o‘ziga xos 
xususiyatlari va ularning vujudga kelish sabablarini tushunadi va tushuntira oladi.
A2+
Relyef va dengiz oqimlarining materiklar iqlimga ta’sirini anglaydi va misollar orqali 
tushuntira oladi. 


 
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A2
materiklardagi geografik obyektlarning (davlat, poytaxt va shahar) nomlarini; qo‘riqxona va 
milliy bog‘lar, yirik tabiiy geografik o‘lkalarning nomlarini to‘g‘ri aytadi va yoza oladi. 
A2+ 
materiklardagi ayrim geografik joy nomlarini toponimini ayta oladi. 
 
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi: 
A2 
tabiiy, siyosiy, aholi, tektonik, iqlim, tabiat zonalari xaritalaridan manba sifatida foydalana 
oladi va yozuvsiz xarita bilan ishlay oladi.

Download 139.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling