Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A2
materiklar, okeanlar, dengizlar, dunyodagi yirik orol va yarimorollar, tog‘ va tekisliklar,
daryo va ko‘llar, tabiat zonalarining nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
A2+
materiklar, okeanlar, dengizlar, dunyodagi yirik orol va yarimorollarni yozuvsiz xaritaga
tushuradi va ularning nomlarini to‘g‘ri yoza oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2
xarita masshtabi asosida yer yuzidagi haqiqiy masofani aniqlay oladi. Joy plani bilan
geografik xarita farqini tushunadi. Geografik xaritalardagi daraja to‘ri (meridian va parallellar)
yordamida geografik obyektlarning joylashgan o‘rni va geografik koordinatalarini aniqlay oladi.
Globus va geografik xaritalardan materik, okean, eng yirik dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘iz, orol va
yarimorollarni; Yer yuzidagi eng baland tog‘ va yirik tekisliklarni, katta daryo va ko‘llarni topa
oladi.
A2+
geografik xaritalardan materik, okean, eng yirik dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘iz, orol va
yarimorollarni; Yer yuzidagi eng baland tog‘ va yirik tekisliklarni, katta daryo va ko‘llarni
aniqlaydi va yozuvsiz xaritaga tushura oladi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A2
suvni tejash va uni muhofaza qilishni, shamolning inson xo‘jalik faoliyatidagi ahamiyatini;
o‘simlik va hayvonot olamidan oqilona foydalanishni; tabiatdan foydalanish va uni muhofaza
qilishni;
o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlarning havo, suv va tuproqqa ta’sirini, tabiat
komponentlarining uyg‘unligini, ularning bir biriga ta’sirini tushunadi, misollar bilan izohlaydi.
A2+
tabiatni muhofaza qilish va ekologik tadbirlarida ishtirok eta oladi.
6-sinf o‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |