Tabiiyot va geografiya taʼlimida kompetensiyalar


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi


Download 139.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/21
Sana31.01.2024
Hajmi139.43 Kb.
#1831449
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
12-ma\'ruza (1)

 


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2 
maktab, mahallasida olib borilayotgan tadbirlarda maqsad yo‘lida faol ishtirok etish
muomala madaniyatga ega bo‘lish.
A2+
o‘z o‘lkasining noyob tabiat obyektlarini muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan oqilona 
foydalanish tadbirlarida o‘z fikrlarini bayon eta oladi. 
 
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2 
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, geografik dunyoqarash va tafakkur 
asosida atrofimizdagi olamni obyektiv holda, sabab-oqibat bog‘liqliklari orqali yaxlitligini va ayni 
paytda xilma-xilligini anglash.
 
A2+ 
geografik sayohat va kashfiyotlar tarixi insoniyat tarixining ajralmas qismi ekanligini, o‘z 
o‘lkasining qadimiy madaniyat markazlaridan biri ekanligini anglash.
 
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda 
foydalanish kompetensiyasi:  
A2 
tabiiy hodisalarni (harorat, yog‘inlar) aks ettiradigan jadval, diagramma va grafiklarni tuzish. 
A2+ 
mavzuga doir tabiiy hodisalarni (harorat, yog‘inlar) aks ettiradigan jadval, diagramma va 
grafiklarni tuzish va ularning mazmunini tahlil qila olish. 
 
7-sinf o‘quvchilarida shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar: 
 
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va 
tushuntirish kompetensiyasi: 
A2 
O‘rta Osiyo o‘lkasining joylashgan o‘rni, chegaralari va tabiatining xususiyatlarini, tabiatini 
o‘rganilish tarixi, aholisi, siyosiy-ma’muriy tuzilishini tushunadi va tushuntirib bera oladi. Yer 
yuzida vaqt o‘lchovi va soat mintaqalari unga doir topshiriqlarni bajara oladi. Geologik vaqt 
hisobi, o‘lkaning yer yuzasi tuzilishi, seysmikligi, foydali qazilmalari haqida biladi va mohiyatini 
tushunadi. O‘lka iqlimini hosil qiluvchi omillarni, iqlim elementlarining hudud bo‘yicha 
taqsimlanishi, O‘rta Osiyoda Qozog‘iston va Turon tipidagi iqlim shakllanishi va uning sabablarini 
tushunadi. Daryo va ko‘llarini, daryolarning to‘yinish manbalarini, ko‘llarning hosil bo‘lishiga 
ko‘ra turlari, daryo va ko‘llarning xo‘jalikdagi ahamiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Tuproq, 
o‘simlik qoplami va hayvonot olamining geografik tarqalishini, tabiat komplekslarining vujudga 
kelish qonuniyatlarini, tabiiy geografik rayonlashtirishning mohiyatini tushunadi va o‘lkada 
bo‘ladigan tabiiy jarayon va hodisalarni kuzatadi va tushuntira oladi. 
A2+ 
O‘z o‘lkasining tuproq, o‘simlik qoplami va hayvonot olamining geografik tarqalishini
tabiat komplekslarining vujudga kelish qonuniyatlarini, tabiiy geografik rayonlashtirishning 
mohiyatini tushunadi va o‘lkada bo‘ladigan tabiiy jarayon va hodisalarni kuzatadi va tushuntira 
oladi. 

Download 139.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling