Tabiiyot va geografiya taʼlimida kompetensiyalar


Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi


Download 139.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/21
Sana31.01.2024
Hajmi139.43 Kb.
#1831449
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
12-ma\'ruza (1)

 
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A2 


O‘rta Osiyo davlatlari, ularning poytaxtlari nomlarini to‘g‘ri ayta va yoza oladi. Foydali 
qazilma konlarining nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. O‘lka iqlimiga ta’sir etuvchi siklon va 
antisiklonlarning, daryolar, ko‘llar, kanal va suv omborlarining nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
A2+ 
o‘zi yashaydigan (viloyat (shahar), tuman, qishloq, mahallasi)dagi joy nomlarini toponimini 
ayta oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi: 
A2 
Globus va tabiiy, siyosiy-ma’muriy xaritalardan foydalanib, O‘rta Osiyo geografik o‘rni, 
chekka nuqtalari va ularning geografik koordinatalarini davlat chegaralarini va poytaxtlarini 
aniqlaydi va ko‘rsata oladi. Kartografik andozalar turlarini biladi va farqlay oladi. Xaritalarning 
tasniflanishi tushunadi va tushuntira oladi; topografik xaritalarning mazmuni, ularda relyefni 
tasvirlash usullari, ular yordamida orientirlash tartibi haqida biladi va ularni tushuntira oladi. Atlas 
va xarita masshtablaridan foydalanib, geografik obyektlar orasidagi masofani, iqlim (joylardagi 
havo harorati, yog‘inlarni taqsimlanishini), tuproq, o‘simlik va zoogeografik xaritalarining 
mazmun-mohiyatini tushunadi, aniqlaydi va yozuvsiz xaritaga tushira oladi. xaritalarining 
mazmun-mohiyatini tushunadi, ularni yozuvsiz xaritalarda aks ettira oladi. 
A2+
o‘z hududini (joylardagi havo harorati, yog‘inlarning taqsimlanishini), tuproq, o‘simlik 
qoplamini aiqlay oladi va tahlil qiladi. 
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi: 
A2 
insonning relyefga va joyning seysmikligiga (joylardagi zilzilalar misolida) antropogen 
zilzilalarning kelib chiqish omillarini anglaydi. Insonning suvdan to‘g‘ri foydalanmaslik oqibatida 
kelib chiqayotgan salbiy oqibatlarni, jumladan, Orol fojiasining kelib chiqish sabablarini, suv 
tanqisligi va uning aholi turmush tarziga ta’sirini anglab yetadi va o‘z fikrini ayta oladi.
A2+ 
insonning suv, o‘simlik va hayvonot olamiga ko‘rsatadigan ta’sirining salbiy oqibatlarini va 
uni oldini olish maqsadida olib borilayotgan tabiatni muhofaza qilish va ekologik tadbirlarida 
ishtirok eta oladi.

Download 139.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling