Tabiiyot va geografiya taʼlimida kompetensiyalar


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi


Download 139.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana31.01.2024
Hajmi139.43 Kb.
#1831449
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
12-ma\'ruza (1)

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2 
dolzarb global, regional va mahalliy muammolarni tahlil qilish, ularning yechimiga oid 
ijodiy takliflarni ishlab chiqish, zamon va jamiyat talabidagi iqtisodiy, siyosiy va ekologik 
faollikka intilish va ahamiyatini anglash.
A2+
tabiat va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun shaxsiy mas’uliyatni his qilish. 
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2 
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga 
e’tiqodli bo‘lish. 
A2+ 


 geografik dunyoqarash va tafakkur asosida atrofimizdagi olamni obyektiv holda baholay 
olish. 
 
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda 
foydalanish kompetensiyasi: 
A2 
jadval, diagramma va grafiklarni tuzish, ularning mazmunini tahlil qila olish, kompyuter 
texnologiyalari, geografik axborot tizimlari haqidagi tasavvurga ega bo‘lish, fan-texnika yutuqlari 
muhimligini anglash. 
A2+ 
mutlaq va nisbiy statistik ko‘rsatkichlar bilan ishlay olish, ularni to‘g‘ri solishtira olish, 
proporsiyalar tuzish orqali nisbiy ulushlarni aniqlay olish. 
 
9-sinf o‘quvchilarida shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar: 
 
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va 
tushuntirish kompetensiyasi:
 
A2 
jahon siyosiy xaritasining hozirgi zamondagi holatini va eng yangi tarixiy davrda 
o‘zgarganligini; rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning asosiy guruhlari, o‘tish 
iqtisodiyotidagi davlatlarni; boshqaruv va davlat tuzilish shakllarini, tabiiy resurslar, davlatlarning 
resurslar bilan ta’minlanganligini; tabiiy resurslarning geografik tarqalish qonuniyatlariga oid 
ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimoti jarayoni 
mohiyatini, fan-texnika inqilobi ta’sirida qanday o‘zgarganligini ma’lumotlar asosida izohlay 
oladi; jahon sanoat tarmoqlarining hududiy tarkibi, eng asosiy markazlarini; jahon qishloq 
xo‘jaligi tarmoqlarining hududiy tarkibi, markazlarini, rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi, transport tarmoqlarining o‘ziga xos xususiyatlarini; Yevropa 
qit’asining geografik o‘rni, siyosiy xaritasi, tabiiy resurslari, aholisi, xo‘jaligining umumiy 
xususiyatlariga oid ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. 
A2+
geografik tarqalish qonuniyatlariga oid ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. 
Geografik muhitning kengayishi, yangi yerlarning o‘zlashtirilishi, landshaft qobig‘ining 
antropogenlashuvini; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ro‘y berayotgan demografik 
va migratsion, urbanizatsiya jarayonlarni kuzatadi va ma’lumotlar asosida tushunadi va tushuntira 
oladi. 

Download 139.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling