Tabiiyot va geografiya taʼlimida kompetensiyalar
-sinf o‘quvchilarida shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar
Download 139.43 Kb. Pdf ko'rish
|
12-ma\'ruza (1)
8-sinf o‘quvchilarida shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar: Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi: A2 sanoat tuguni, sanoat punkti, sanoat markazi va sanoat rayoni tushunchalarini tushunadi va tushuntira oladi; O‘zbekistondagi yirik sanoat rayonlari (Angren-Olmaliq, Toshkent-Yangiyo‘l, Navoi-Zarafshon, Farg‘ona-Marg‘ilon) va respublikada barpo etilgan erkin industrial-iqtisodiy zonalarni aytib bera oladi. transport tarmoqlarini ajrata oladi; transportning rivojlanishi va joylanishining omil, shakl va qonuniyatlarini, aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini, aholiga xizmat ko‘rsatish turlari haqida tushunadi va tushuntira oladi; tashqi iqtisodiy aloqalar statistik ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi va hisoblay oladi. Hududiy mehnat taqsimoti, hudud ixtisoslashuvi, iqtisodiy rayon, hududiy ishlab chiqarish majmuasi tushunchalarini biladi va farqlay oladi. Iqtisodiy rayon va viloyatlarga kompleks iqtisodiy-geografik tavsif bera oladi. A2+ aholi joylashuvi, xo‘jaligi ixtisoslashuvi va hududiy tarkibiga ta’sir etuvchi geografik omillarni anglaydi va izohlay oladi, hududlar xo‘jaligining rivojlanish istiqbollari haqida aytib bera oladi. Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi: A2 O‘zbekistondagi yirik sanoat rayonlarini, yirik transport magistral nomlarini, dam olish maskanlari va turistik shaharlar; iqtisodiy rayonlar, ulardagi iqtisodiy markazlar, korxonalar, diqqatga sazovor obyektlarning nomlarini to‘g‘ri aytadi va yoza oladi. A2+ O‘zbekistondagi dam olish maskanlari va turistik shaharlar haqida referatlar, albomlar tayyorlay oladi. Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi: A2 O‘zbekiston xaritasidan yirik transport magistrallarini ko‘rsata oladi; transport xaritalarini o‘qiy oladi va yozuvsiz xaritaga tushira oladi. O‘quv atlasidan ijtimoiy sohalar xaritalarini o‘qiy oladi va yozuvsiz xaritaga tushira oladi; tashqi savdo aloqalarining diagrammalarini o‘qiy oladi. Hududlarning umumiqtisodiy xaritalari yordamida mintaqalar xo‘jaligining tarkibi va joylashuviga tavsif bera oladi, umumiqtisodiy xaritalarni yozuvsiz xaritasini ishlay oladi. Download 139.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling