II.BOB. JANUBIY MINTAQA XUDUDLARINING IQTISODIY TAVSIFI.
Qashqadaryo viloyatining iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan agrar-industrial yo’nalishga ega. Yaqin kelajakda uning industrial-agrar xususiyatini olishiga tegishli imkoniyatlar mavjud. Hozirgi vaqtda viloyat yuksak iqtisodiy salohiyatiga molik bo’lgan mintaqalardan biri hisoblanadi, u respublika milliy iqtisodiyotida o’ziga xos “lokomotiv” vazifasini bajaradi.
2.1. Qashqadaryo viloyati sanoat rivojlanishining umumiy tavsifi.
Qashqadaryo Qashqadaryoda neft-gaz, tog’-kon kimyosi, paxta, g’alla, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish yaxshi rivojlangan. Xususan, neft va gaz, paxta va g’alla yetishtirishda u mamlakatimizda birinchi, kimyoviy mahsulotlar (polietilen va b.) hamda chorvachilik bo’yicha ham oldingi o’rinlarning birini egallaydi.
2010 yil yakunlariga ko’ra, mintaqa yalpi hududiy mahsulotining 40,7 foizini sanoat ishlab chiqarish ta’minlagan (2009 yilda – 46,1 %). Qishloq xo’jaligining ulushi 18,4 %, qurilishniki 7,0; transport va aloqa YaHM-ning 4,5 %, savdo va umumiy ovqatlanish 4,3 foizini ta’minlaydi. Boshqa hududlarda bo’lganidek, bu yerda ham bozor islohotlariga katta e’tibor berilmoqda. Ammo viloyat sanoatini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish o’ziga xos xususiyatga ega. Sababi sanoatning asosan yoqilg’ienergetikaga ixtisoslashganligi, ya’ni strategik ahamiyat kasb etishi tufayli nodavlat sektori bu sohada nisbatan pastroq.
2010 yilda kapital qo’yilmalarning eng katta qismi Muborak (28,0 %) Mirishkor (16,9 %) va tumanlariga to’g’ri kelgan. SHuningdek, G’uzor (12,3 %) tumani va Qarshi shahrining (11,0 %) investitsion salohiyati ham yuqoriroq bo’lgan. Eng so’nggi yillarda Dehqonobod tumanida respublikamizda yagona kaliy zavodini qurish munosabati bilan bu hududga yo’naltirilgan investitsiya mablag’lari ham ortib bormoqda (7,7 %). SHu bilan birga, CHiroqchi, Kasbi, Qamashi, Kitob qishloq tumanlarida 2010 yilda tahlil etilayotgan ko’rsatkichlar ancha past bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |