Tabletkalarni qobiq bilan qoplash. Trituratsion tabletkalar. Reja


Download 6.57 Mb.
bet3/5
Sana30.10.2023
Hajmi6.57 Mb.
#1734528
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tabletkalarni qobiq bilan qoplash. Trituratsion tabletkalar

2. Presslash usuli Presslash usulida qobiqlash "Draicota" tipidagi tabletka mashinalarida olib boriladi. Qurilma ikkita rotatsion tabletka mashinasining majmuasidan iborat bo’lib, birida tabletka tayyorlanadi, u sinxron ravishda ikkinchi mashinaning qolipiga o’tkaziladi. Ikkinchi mashinaning qolipini diametri, birinchisinikidan 1-2 mm kattaroq bo’lishi kerak. Qobiq tarkibi oldindan granula shaklga keltirilgan bo’lishi kerak. Bu massa ikkinchi mashinaning hampasidan avtomatik ravishda, qobiq og’irligini 50% miqdorida qolipga kelib tushadi. SHundan so’ng birinchi mashinada tayyorlangan tabletka massaning ustiga o’tkazilgach, qolgan 50% qobiq massasi tabletkaning ustiga tushadi va u presslanadi. Bosim ta‘sirida qobiq massasi yumshaydi va tabletkaning ustini har tomonlama o’rab, qoplaydi. Bu usul bilan qoplash uchun juda ko’p tarkiblar tavsiya etilgan. Masalan:

  1. Qand, kraxmal, glyukoza 33 qismdan, stearin kislotasi – 1 qism.

  2. Natriy AFS yoki MFS 10 qism, laktoza 89 qism, kalsiy stearati - 1 qism.

  3. OPS - 0,4 qism, laktoza -98,6 qism, kalsiy stearati – 1 qism va h.k.


2-rasm. Presslash usulida tabletkani qobiq bilan qoplash
1- tabletka tabletka massasi solingan bunker; 2- rotorda joylashgan qolip; 3- puansonlar;
4- roliklar; 5- tabletka massasini nazorat qiluvchi vint; 6- qobiq massasi solingan bunker; 7- 8 – yadro tabletkalarini uzatuvchi moslamalar; 9- yig’gich.
3. YUpqa parda hosil qilish usuli Bu usul zamonaviy bo’lib, kelajagi porloq, estetik jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Parda bilan qoplash bir necha hil usulda amalga oshiriladi: eritmaga botirib olish, obakilash va mahsus qurilmada "yolg’on qaynoq yuza" hosil qilish.
Eritmaga botirib olish oddiy moslama yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun tabletkaning bir tomonidan so’rg’ich yordamida ushlab turilgan holda, ikkinchi tomoni maxsus qobiq eritmasiga botirib olinadi. Keyin quritilib, tabletkaning ikkinchi tomoni botirib olinadi, bu jarayon bir necha marta qaytariladi. Bunday moslama yordamida soatiga 5000-8000 tabletkani qobiq bilan qoplash mumkin.
Obakilash usuli bilan qoplash mahsus qozonda olib boriladi va bu yarim avtomat usulida obakilab qoplashdan farq qilmaydi. Bu usul bilan qoplash uchun alohida sharoit yaratish kerak. YA‘ni erituvchilarni yong’indan havfli va zaharli bo’lishi mumkinligiga alohida e‘tibor qaratish lozim.
Hozirgi vaqtda yangi yo’nalish polimer moddalarni organik erituvchilarda eritib, purkash usulida qoplash bo’lib, bu usul "yolg’on qaynoq yuza"da amalga oshiriladi. Bu murakkab qurilma bo’lib, ish bajariladigan qismiga tabletkalar solinadi. Qurilmaning tubidan tozalangan, ma‘lum haroratgacha isitilgan va siqilgan havo uzluksiz yuborib turiladi. Bunda tabletkalar qurilmaning ishchi qismida ko’tarilib, muallaq holatga keladi, natijada "yolg’on qaynoq yuza" hosil bo’ladi. Moslamaning yuqori tomonidan vaqti-vaqti bilan, tez uchuvchi organik erituvchida eritilgan qobiq eritmas purkaladi. Bu jarayon tabletka ustida ma‘lum qalinlikdagi qobiq hosil bo’lguncha purkaladi.


Download 6.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling