Tabletkalarni qobiq bilan qoplash. Trituratsion tabletkalar. Reja


Download 6.57 Mb.
bet2/5
Sana30.10.2023
Hajmi6.57 Mb.
#1734528
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tabletkalarni qobiq bilan qoplash. Trituratsion tabletkalar

1. Obakilash usuli. Bu qadimiy va oddiy usul bo’lib, u mahsus qizil misdan tayyorlangan va ma‘lum shaklga ega bo’lgan obakilash qozonlarida olib boriladi. Obakilash jarayoni 4 bosqichdan: namlash, qavatlash, illiqlash va pardozlash boqichlaridan iborat.
Namlash. Obakilash qozoniga solingan tabletkalar qand qiyomi bilan oldin qo’lda, so’ngra mexanik ravishda aralashtiriladi. Bunda har bir tabletkaning sathi bir me‘yorda namlanadi. So’ng qozon ishlab turgan xolatida 1:1 nisbatda tayyorlangan magniy oksidi bilan bug’doy uni aralashmasi solinib, tabletkalarning usti bir hil qoplanguncha aralashtiriladi. Qog’ozga filtrlangan va isitilgan toza havo yuborib, quritiladi. SHu tarzda bu jarayon 3-4 marta qaytariladi.
Qavatlash. Namlash jarayonidan o’tgan tabletkalar qand sharbati, bug’doy uni va bo’yoq qo’shib tayyorlangan bo’tqa yordamida, 3-4 marta qavatlanadi. Har bir qavat hosil qilingandan so’ng quritiladi.
Silliqlash. Tabletkalarning usti bir tekisda qavatlanmaydi. SHuning uchun ham pardoz berish bosqichi sifatli va tez bo’lishini ta‘minlash maqsadida ular silliqlanadi. Buning uchun qavatlash jarayonidan o’tgan tabletkalar, toza obakilash qozoniga solinib, qozon ma‘lum vaqt davomida ishlatiladi. Bunda tabletkalar o’zaro va qozon ichki devori bilan ishqalanishda bo’lib, natijada tabletkalar tekislanib, silliqlanadi.
Pardozlash - jilo berish. Silliqlangan tabletkalar elab, mayda zarrachalardan tozalanib, obakilash qozoniga o’tkaziladi. Alohida tarkib bo’yicha tayyorlangan pardozlovchi aralashma yordamida tabletkalarning sathi yupqa chiroyli qavat bilan qoplanadi. Ma‘lum vaqt quritish jarayonidan so’ng, pardozlash yana 3-4 marta takrorlanadi. So’ngra qozon ma‘lum vaqt ishlatib qo’yiladi. Bunda tabletkalar o’zaro va devor sathiga ishqalanishi natijasida silliqlanadi, pardozlanadi. Pardozlovchi massa tarkibiga mum, parafin, o’simlik moyi, stearinlar va boshqalar kirishi yoki boshqa tarkiblar bo’yicha ham tayyorlanishi mumkin. Ayrim vaqtlarda pardoz berish bosqichi quyidagicha bajariladi: obakilash qozoni oldindan qizdirilib, 0,5-1 mm qalinlikda mum bilan qoplanadi, so’ngra silliqlangan tabletkalar solinib, qozon ishlatib qo’yiladi.
Obakilash usuli murakkab, qo’p bosqichli, nazariy tomondan asoslanmagan, uzoq vaqt (80 soatgacha) talab qiladi. SHuningdek, bir guruh olimlar suspenzion usulni taklif etdilar. Bu usulda 10 soat davomida tabletkani obakilash usuli orqali qobiq bilan qoplash mumkin.
Buning uchun PVP 0,75% suvdagi eritmasini tayyorlab, undan qand qiyomi tayyorlanadi. So’ngra sovigan qiyomga ketma-ket 1% aerosil, 1% titan IV oksidi, 14% magniy karbonat va 1% talk qo’shib aralashtiriladi. So’ng qozonga forsunka orqali tayyorlangan aralashma suspenziya xolida purkaladi. Har safar tabletkalar umumiy og’irligining 4-5% miqdorida purkalib, qozonni aylantirish davom ettiriladi. Keyin issiq havo yuboriladi va jarayon takrorlanadi. Jilo berish uchun tabletka og’irligi 0,05% miqdordagi aralashma (mum, vazelin moyi, talk) bilan qozonni aylantirish davom ettiriladi.
Obakilash usuli ko’p qo’llaniladigan va oddiy bo’lishiga qaramasdan qo’p vaqt va bilim talab qiladi. Hozircha tabletkadagi qoplamalar qalinligi nazariy tomondan asoslanmagan. Obakilash jarayonida o’ziga xos nozik tomonlari e‘tiborsiz qolsa, tabletkalar bir-biriga yopishib qoladi. Tayyor bo’lgan tabletkalarda esa taranglik qaytishi natijasida chatnab, darz ketish xolatlari kuzatilishi mumkin. Hozirgi vaqtda obakilash jarayoni yarim avtomat tarzda ishlaydigan usulda olib boriladi. YUqorida bayon qilingan boskichlar oldindan mo’ljallangan dastur bo’yicha, avtomatik tarzda, bosqimcha-bosqich olib boriladi.

1-rasm Obakilash qozoni


Download 6.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling