Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati


Tadbirkorlik va biznes faoliyatining huquqiy asoslari


Download 105.72 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2023
Hajmi105.72 Kb.
#1145560
1   2   3   4   5
Bog'liq
1355626443 41101aaaa

Tadbirkorlik va biznes faoliyatining huquqiy asoslari
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga binoan bozor munosabatlariga qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil mulk shakllari tashkil etadi. Davlat iste`molchilarning huquqiy ustunligini e`tiborga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
Tadbirkorlik va biznes faoliyatini keng joriy etish va umuman bozor i qtisodiyotining huquqiy negizini barpo etish maqsadida bir qator qonunlar qabul qilinganki, ulardan dastlabkisi O`zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik to`g`risida"gi Qonunidir. 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ushbu Qonunda tadbirkorlikni tashkil etish, uning amal qilishi va rivojlanishining huquqiy asoslari, tadbirkorlik to`g`risidagi umumiy hamda asosiy qoidalar bayon etilgan.
Shuni unutmaslik kerakki, ushbu Qonun tadbirkorlik bilan bog`liq barcha munosabatlarni huquqiy tartibga solishga oid qoidalarni batafsil qamrab olmaydi. Uni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan asosiy masala fuqarolarning tadbirkorlik qobiliyatini butun choralar bilan ishga solish, ularning ishbilarmonligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy kafolatlarini belgilash va ta`minlash asosida bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarini jadallashtirishdan iboratdir. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 26 fevralda qabul qilingan "Respublikada tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Qarori O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini shakllantirishning boshlang`ich huquqiy asoslaridan biri bo`ldi, deyish mumkin.
Respublika Prezidenti I.Karimovning 1994 yil 21 yanvardagi "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilishni ta`minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Farmoni bilan xususiy mulkchilik asosidagi tadbirkorlikning yuzaga kelishi iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichidagi eng asosiy vazifalardan biri sifatida qayd etildi va bu vazifani hal etish uchun kichik va o`rta biznesni qo`llab-quvvatlash tizimi yaratildi. Shuni alohida qayd etish lozimki, tadbirkorlik va biznes faoliyatini tartibga solish va bu borada qonunbuzarliklarni oldini olish har qanday davlatning, aniqrog`i tegishli davlat organlarining muhim vazifasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat va Fuqarolik kodekslari hamda boshqa qonun xujjatlarida kichik va o`rta biznes sub`ektlari uchun quyidagilar ta`qiqlanadi:
-soxta tadbirkorlik bilan shug`ullanish;
-bankrotlikni soxtalashtirish va yashirish;
-soliq va boshqa to`lovlar to`lashdan bosh tortish;
-xaridorlarni aldash;
-soliq solinadigan ob`ektlarning hisobini olib bormaslik;
-tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish tartibini buzish;
-iqtisodiy shartnomalar huquqini buzish.
Bozor munosabatlariga o`tish davrining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu davrda, birinchidan, soxta tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanib, engil-elpi yo`llar bilan pul topishga intilish hollari tez-tez sodir bo`lsa, ikkinchidan, ayrim davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkor huquqlarini kamsitish va poymol qilish hollari ham uchrab turadi. Shuning uchun 1995 yil 21 dekabrda kuchga kirgan "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantirish to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunida xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, davlat ro`yxatidan o`tganidan boshlab tadbirkorlarning huquq va kafolatlarini himoyalash, ularni moliyaviy mablag`lar bilan ta`minlashga ko`maklashish hamda xalqaro bitimlar tuzishda ularga zarur yordam ko`rsatish choralari belgilab qo`yilgan.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sog`lom iqtisodiy muhit yaratish, xo`jalik faoliyati yuritayotgan kichik va xususiy korxonalarning ichki ishlariga aralashmaslikni ta`minlash, shuningdek, kichik va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirishga davlat tomonidan ko`rsatiladigan yordam shu qonunda o`z ifodasini topgan.
Davlat siyosatida tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash quyidagi asosiy masalalarni echish yo`li bilan amalga oshiriladi:
-kichik biznes sub`ektlarini bozorga to`sqinliksiz kirishiga sharoit yaratish;
-iqtisodiyotda xususiy sektorning rivojlanishiga sharoit yaratish;
-tadbirkorlarni davlatning muhim ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarini echishga jalb qilish.
Xususan, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, tadbirkorlarning huquq va kafolatlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlarining qabul qilinishi natijasi o`laroq bu sohada muayyan yutuqlarga erishildi. Shu bilan birga, hozircha tadbirkorlik taraqqiyotiga to`g`anoq bo`layotgan muammolar to`la-to`kis hal etildi, deb bo`lmaydi. Masalan, boshqaruv idoralarida mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda tashabbuskorlik, mutasaddilarda mas`uliyat hissi etishmayotgani, shartnomaviy munosabatlarning huquqiyligini ta`minlamagani va boshqalar shu muammolar jumlasiga kiradi.
1998 yil 9 aprelda Prezidentning "Xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznesni rivojlantirishni yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Farmoni qabul qilindi. Unda kichik va o`rta biznes sub`ektlari tarmoqlar bo`yicha odam soniga ko`ra tabaqalashtirildi. Ushbu farmonga binoan kichik va o`rta biznes sub`ektlari o`z ishlab chiqarishlarini tashkil qilish uchun xorijiy texnologiyalarni olib kirishda bojxona to`lovlaridan ozod bo`ldilar. YAna shu yilning 28 avgustida "Xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`rtasida xo`jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o`zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solish imkonini berdi. Qonunda tadbirkorlik faoliyati bo`yicha tuziladigan shartnomalar manfaatdorlik va mulkiy javobgarlik kabi jihatlardan iborat tamoyillar asosida tuzilishi huquqiy kafolatlanadi.
Hozirgi kunda O`zbekistonda tadbirkorlik va biznes faoliyatini huquqiy qo`llab-quvatlashning o`ziga xos tizimi shakllandi. Masalan, tijorat banklarining faoliyati, "Biznes-fond"ning ko`magi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining faoliyati, "Madad" sug`urta agentligining biznes sub`ektlariga ko`rsatayotgan xizmatlari bozor infratizimining jadal rivojlanishini ta`minlamoqda. Biroq ushbu tashkilotlar bilan tadbirkorlar va biznes sub`ektlarining o`zaro aloqalaridagi iqtisodiy munosabatlarni to`la qoniqarli, deb ayta olmaymiz. Bu, albatta, biz yuqorida aytib o`tgan o` tish davrining o`ziga xos kamchiliklari qatoriga kiradi.
1999 yil 14 aprelda qabul qilingan "Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatlarining kafolatlari to`g`risida"gi Qonunda tadbirkorlik tushunchalaridan boshlab, turli xil faoliyatlarni qonuniy amalga oshirish uchun huquqiy imkoniyatlar kengaytirildi. Biznes sub`ektlarini rag`batlantirish va iqtisodiy faoliyat huquqlarini kafolatlash ushbu Qonunning asosiy maqsadi qilib belgilangan, deyish mumkin.
Kichik va o`rta biznes korxonalarining 1999 va 2000 yillardagi yakunlarini xulosa va tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, ularning iqtisodiyotda katta samara berish imkoniyatlaridan hali to`la foydalana olinayotgani yo`q. Shu munosabat bilan YUrtboshimiz I.A.Karimov 2000 yil 1 fevralda Prezident huzuridagi Idoralararo muvofiqlashtirish Kengashida “Islohotlar va investitsiya” to`g`risida so`zlagan nutqida O`zbekistonda kichik, o`rta va xususiy biznesni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanayotganligini alohida ta`kidlab, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni erkinlashtirish davrida kichik va o`rta biznes faoliyatini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish lozimligini ta`kidlab o`tdilar.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 martda “Bank tizimini takomillashtirish va kichik iqtisodiy sub`yektlar faoliyatini rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarori e`lon qilindi. Qarorda iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida kichik iqtisodiy sub`ektlarning barcha turlari va yo`nalishlariga keng moddiy va huquqiy sharoitlar yaratib berish hamda davlat tomonidan ularni ma`naviy-ma`rifiy qo`llab-quvvatlash ko`zda tutilgan.
2000 yil 25 mayda tadbirkorlarning faoliyat doirasiga aloqador bo`lgan yana bir qonun, ya`ni “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi Qonun kuchga kirdi. Qonunda fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratish, ularning ishchanlik faolligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish ko`zda tutilgan.
Xulosa qilib aytganda, O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish mexanizmi tobora takomillashib boryapti. Bundan ko`zlangan maqsad o`zining tabiiy resurslari, iqlim sharoitlari, er osti va er usti boyliklari bo`yicha katta iqtisodiy salohiyatga ega bo`lgan respublikamizda tadbirkorlikni keng rivojlantirish orqali ushbu salohiyatdan oqilona va samarali foydalanishdan iboratdir.

Download 105.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling