Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati


O`zbekistonda kichik va o`rta biznesning  rivojlanishi


Download 105.72 Kb.
bet4/5
Sana31.01.2023
Hajmi105.72 Kb.
#1145560
1   2   3   4   5
Bog'liq
1355626443 41101aaaa

O`zbekistonda kichik va o`rta biznesning 
rivojlanishi

O`zbekistonda tarixan juda qisqa davr mobaynida erishilgan yutuqlar amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning puxta va izchilligidan dalolat bermoqda. Ular mamlakat iqtisodiy hayotining muhim masalalarining hal etilishida, ijtimoiy taraqqiyotning hayotbaxsh kuchlarining ishga solinishida o`z samarasini ko`rsatmoqda. Ushbu islohotlar iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan bo`lsa-da, ularni amalga oshirishdan ko`zlangan maqsadlar ichida kichik va o`rta biznesni rivojlantirish alohida o`rin tutadi. D arhaqiqat, keyingi yillarda barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy siyosatida kichik va o`rta biznesga bo`lgan e`tiborning kuchayishi ko`zga tashlanmoqda. Tadbirkorlikning bu sohasi o`zining qator ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bilan, xususan, sog`lom raqobat muhitini vujudga keltirishi, yirik korxonalar faoliyatiga harakatchanlik baxsh etishi, bozordagi talab va taklifga samarali ta`sir ko`rsatishi, aholi va ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirishi bilan o`zining katta salohiyatga ega ekanligini tasdiqlamoqda.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda kichik va o`rta biznes iqtisodiyotning rivojlanish sur`atlarini, yalpi milliy mahsulotning tarkibi va sifatini aniqlab beruvchi yetakchi sektori sifatida shakllangan va tobora rivojlanmoqda. Ana shunday mamlakatlarda iqtisodiyotning ushbu sektori hissasiga yalpi milliy mahsulotning 70% to`g`ri keladi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, kichik va o`rta biznes sektori bozorni tovar va xizmatlar bilan to`ldirish, tarmoqlararo va hududlararo monopoliyaga barham berish, raqobatni kuchaytirish, fan va texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy qilish, mamlakatlar eksport salohiyatini kengaytirish, qishloq va kichik shaharlarni rivojlantirish kabi muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishning qudratli omilidir.
Bizda ham chet davlatlardagi kabi yangi ish o`rinlarini tashkil etish va ishsizlikning ko`payishini oldini olish, oilalar byudjetini mustahkamlash, mahalliy byudjetga tushumlarni ko`paytirish va, umuman, iqtisodiyot taraqqiyoti sur`atlarini oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, kichik va o`rta biznesni rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda va buning uchun yuqorida ko`rsatib o`tilganidek, zarur huquqiy zamin yaratildi.
Biroq shuni alohida qayd etib o`tish lozimki, kichik va o`rta biznes sub`ektlarining rivojlanishi yuqori davlat idoralari tomonidan rag`batlantirilib, tartibga solib turilsa-da, mahalliy-hududiy boshqaruv idoralari tomonidan ular uchun muayyan shart-sharoitlar yaratilmasa, ko`zlangan maqsadga erishish qiyin kechadi, chunki o`z iqtisodiy tabiatiga ko`ra, kichik va o`rta biznes asosan mahalliy iqtisodiyotning uzviy qismi bo`lib, ana shu hududdagi mavjud shart-sharoitlar zamirida faoliyat ko`rsatishga moslashgan bo`ladi. Uning mahalliy-hududiy iqtisodiyotga bog`liqligi quyidagilar orqali namoyon bo`ladi:
birinchidan, kichik va o`rta biznes korxonalari asosan muayyan hududlardagi mavjud ehtiyojlar e`tiborga olingan holda, turli xil talablarni qondirish uchun tashkil etiladi, iste`molchilar ham o`z ehtiyojlarini qondirish uchun birinchi galda eng yaqin ishlab chiqaruvchilar bilan munosabat o`rnatishga intiladilar;
ikkinchidan, bu kabi korxonalarning tashkil etilishida mahalliy xomashyo va tabiiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari hisobga olinadi;
uchinchidan, kichik korxonalar mahalliy sharoitlarga moslashuvchanligi ya`ni, birinchi navbatda o`z xaridorlari ehtiyojlarini e`tiborga olishi va, avvalo, mahalliy bozorga yo`naltirilganligi bilan ajralib turadi.
O`zbekistonda mehnatga qobiliyatli aholining 70 foizidan ko`proq qismi qishloq joylarida yashashini e`tiborga olsak, shu joylarda xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznes sohalarining rivojlantirilishi ayniqsa katta samaradorlik berishi tabiiy bir holdir. Kichik va o`rta biznes qishloq joylarida quyidagi yo`nalishlarda rivojlanishi mumkin:
-qishloqda yetishtirilayotgan mahsulotlar sifatini uzoq vaqt buzilishdan saqlab turadigan sovutgich omborxonalar, meva va sabzavotlarni qayta ishlovchi kichik tsexlar tashkil etish;
-ulardan turli xil sharbatlar ishlab chiqarish;
-sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash;
-oziq-ovqat, qandolatchilik va makaron mahsulotlari tayyorlash;
-trikotaj-tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarish;
-aholi ehtiyojlari uchun kir yuvish vositalari tayyorlashni yo`lga qo`yish;
-milliy-badiiy, uy-ro`zg`or buyumlari tayyorlash;
-qurilish materiallari ishlab chiqarish;
-kichik qurilish va ta`mirlash ishlarini tashkil etish;
-kichik tibbiy xizmatlarni yo`lga qo`yish va hokazo.
O`tgan yillarda to`plangan tajriba shundan dalolat bermoqdaki, kichik va o`rta biznesning yanada rivojlanishi va mamlakat iqtisodiyotida o`zining munosib o`rnini topishi uchun, avvalambor, davlat idoralari, mutasaddi rahbar tashkilotlar, qolaversa, barcha jamiyat a`zolarining unga bo`lgan munosabatini tubdan o`zgartirish talab qilinadi. Yuridik shaxs sifatida davlat ro`yxatidan o`tgan kichik va o`rta biznes sub`ektlarining 80-85 foizigina faoliyat ko`rsatayotgani, qolganlari esa turli sabablarga ko`ra faoliyat ko`rsata olmayotgani yoki o`z faoliyatini to`xtatib qo`yayotgani yuqoridagi fikrimizning dalili hisoblanadi.
O`zbekistonda mehnatga layoqatlilarning soni, aholining umumiy sonidan kelib chiqadigan bo`lsak, 60%ni tashkil qiladi. Shundan 1998 yilda aholining band qismi 35%ni tashkil qilgan. Ana shu band aholining bor yo`g`i 2,5% kichik korxonalarda faoliyat yuritishgan, ular yaratgan mahsulot esa respublika YAIMning 12,6%ni tashkil qiladi.1 Vaholanki, ko`pgina xorijiy mamlakatlarda bu ko`rsatkichlar anchagina yuqori. (5.1-jadval)
1-jadval
Kichik va o`rta korxonalar ulushi

Mamlakatlar

Kichik va o`rta korxonalar soni

Kichik va o`rta korxonalar ulushi, (%)

ming

1000 aholiga

Band aholi

YAMMdagi ulushi

Buyuk Britaniya

2930

46

49

50-53

Germaniya

2290

37

46

50-54

Italiya

3920

68

73

57-60

Frantsiya

1980

35

54

55-62

AQSh

19300

74,2

54

50-52

YAponiya

6450

49,6

78

52-55

Rossiya

836,2

5,65

9,6

10-11

O`zbekiston

51,8

2,1

2,5

12,6

Keltirilgan raqamlardan ko`rinib turibdiki, mamlakatimizda kichik va o`rta biznesning xalqimiz oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi roli ham juda past. Bu sohada ishga solinishi kerak bo`lgan salohiyat va rezervlar esa nihoyatda katta va ko`p. Ularning eng muhimi qishloq xo`jaligidagi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirishdir. Shu bilan birgalikda, fermer xo`jaliklarini yanada rivojlantirish va ularni ham tashkiliy, ham iqtisodiy jihatdan qo`llab-quvvatlash milliy iqtisodiyot taraqqiyotining muhim omili bo`lib qoladi.
Tadbirkorlik faoliyatining eng keng tarqalgan shakli bo`lgan kichik va o`rta biznes korxonalari yirik korxonalarning imkoni bo`lmagan iqtisodiy jarayonlar oralig`iga nihoyatda tez kirib bora oladi. Chunki ular yuqori malakali boshqaruvni talab etmaydi, talabga moslashishda epchillik xususiyatiga ega bo`lib, raqobatga va aniq iste`molchilar so`roviga tezda javob bera oladi. Keyingi yillarda kichik va o`rta biznes korxonalariga bo`lgan e`tiborning asosiy sabablari ham shundadir. Ularning iqtisodiyotda paydo bo`layotgan tovar (ish va xizmat)larga bo`lgan talabini tez o`rganish va qondirish xususiyatiga egaligi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki kunlaridanoq ko`rina boshlagan.
Shu boisdan ham respublikamizda kichik va o`rta biznesni rivojlantirish yaqin kelajakda davlat iqtisodiy siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biri bo`lib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:




  1. Download 105.72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling