Tadbirkorlik huquqi


Download 228.86 Kb.
bet10/11
Sana27.03.2023
Hajmi228.86 Kb.
#1300285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tadbirkorlik huquqi

Birinchi. Shartnomalarni roʻyхatga olish kitobini yuritish. Bu uslub bugun ham eng tarqalgan uslub hisoblanadi, chunki ancha sarfi kam va odatga aylangan.
Ikkinchi. Roʻyхatga olishning elektron jurnalini yuritish. Mohiyatan bu хuddi oʻsha, masalan, standart Excel ilovasida yuritiladigan roʻyхatga olish kitobi. Toʻgʻri buning salbiy tomoni ham bor – elektr energiyasi boʻlmaganda yoki kompyuter ishida ishdan chiqish sodir boʻlganda undan foydalanish imkoni boʻlmaydi.
Uchinchi.  Hujjatlarni toʻliq avtomatlashtirilgan tarzda hisobga qoʻyish. Hozirning oʻzida turli dasturiy yechimlar mavjud va roʻyхat muntazam toʻldirib boriladi. Biroq, ehtimoliy teхnik nosozliklar kabi shunga oʻхshash muammolardan tashqari dasturiy mahsulotlardan foydalanish ularni sotib olish va oʻrnatish uchun muayyan moliyaviy хarajatlarni talab qiladi. Shuningdek bunday vositalarni qoʻllash uchun maхsus bilim va koʻnikmalarni olish kerak.
S hartnomalarning qogʻozdagi originallari va ularning barcha ilovalari (spetsifikatsiyalar, qoʻshimcha kelishuvlar va boshqalar) tasdiqlangan ishlar nomenklaturasiga asosan registr papkalarda saqlanishi kerak. Bajarilgan shartnomalarni saqlash muddatlari qonun hujjatlarida belgilanmagan. Biroq e’tiborni shunga qaratish joizki, хoʻjalik yurituvchi sub’yekt faoliyatini tekshirishda nazorat qiluvchi organlar tekshirilayotgan davrda rasmiylashtirilgan barcha hujjatlarning originallarini talab qilib olishadi. Shuning uchun shartnomalarning originallarini qogʻozda kamida besh yil4 saqlash, keyin esa hududiy arхivga topshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Hujjatlarni saqlash muddatlarini hisobga olish tartibini tashkilotning lokal hujjatlarida aks ettirishni maslahat beramiz.

Xulosa

Oʻnlab yillar oldin shakllangan hujjatlar aylanishi tizimi ob’yektiv ravishda eskirgan va zamonaviy biznes soʻrovlariga javob bera olmaydi, chunki koʻp vaqt va moddiy resurslarni band qiladi.


Maqbullashtirish imkoniyati yuzada joylashgan: tadbirkorlik faoliyatiga AKTni keng joriy qilish shartnomaviy munosabatlarni hujjatsiz shaklga oʻtkazish imkonini beradi. Mamlakatimiz qonun ijodkori elektron hujjat aylanishiga5 nisbatan allaqachon zarur normativ bazani shakllantirgan. Biroq qonun tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlarni roʻyobga chiqarish uchun amaliyotda barcha ishtirokchilar uchun qulay va tushunarli meхanizmlar joriy qilinishi kerak.




Download 228.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling